JIQ-JIQ haqida

JIQ-JIQ haqida

JIQ-JIQ

JIQ-JIQ (Scotocerca inquieta) — chumchuqsimonlar turkumining moyqutlar oilasiga mansub kichkina qush, vazni 8—9 g. Choʻl va dashtlardagi past boʻyli butalar orasida yashaydi. Yulgʻun, baʼzan shuvoqlar orasiga in quradi. Oʻzbekistonda Qizilqumda uchraydi. Mart—iyunda 5—8 tadan tuxum qoʻyadi. Yozda hasharotlar, qishda oʻsimlik urugʻi bilan oziqlanadi.

Ensiklopediya.uz
JIQ-JIQ