JIYEN JIROV haqida

JIYEN JIROV haqida

JIYEN JIROV

JIYEN JIROV (taxm. 1730-1784) – qoraqalpoq xalq baxshisi. Sirdaryoning oʻng irmogʻi — Jangadaryo boʻyida kambagʻal oilada tugʻilgan. Baliqchilik b-n shugʻullangan. Ilk yaratgan sheʼr va qoʻshiqlarida ijtimoiy haqsizlik, baʼzi amaldorlarning kirdikorlarini fosh etgan («Hoy, yigitlar, yigitlar», «Ulogʻim», «Yuragimda koʻp dogʻim», «Tuyamni ber»). «Darbadar el», «Yuksak togʻ», shuningdek, tarixga oid «Xonavayron xalq» kabi dostonlarida qoraqalpoq xalqining qabilaviy hujumlardan saqlanish uchun Jangadaryo boʻylariga koʻchgan ogʻir davrlari aks etgan. Jiyen Jirov «Alpamis», «Qirq qiz», «Qoʻblon», «Qurbonbek» kabi xalq dostonlarini mahorat bilan kuylagan. Asarlari 1935-y. dan toʻplana boshlangan. Qiyas jirov, Qurbonboy baxshi, Oʻteniyaz jirov kabi shogirdlar yetishtirgan.

Ensiklopediya.uz
JIYEN JIROV