YEVROPA KOʻMIR VA POʻLAT BIRLASHMASI haqida

YEVROPA KOʻMIR VA POʻLAT BIRLASHMASI haqida

YEVROPA KOʻMIR VA POʻLAT BIRLASHMASI

YEVROPA KOʻMIR VA POʻLAT BIRLASHMASIYevropa hamjamiyatini tashkil etgan mamlakatlarning koʻmir va poʻlat umumiy bozorini boshqargan birinchi rahbar organ. 1950-y. da Fransiya tashqi ishlar vaziri R. Shuman taklif etgan rejaga asosan 1951-y. da koʻmir, temir rudasi qazib olish, poʻlat i. ch. ni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Dastlab birlashmaga Yevropa hamjamiyatining olti mamlakati (Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg) kirgan, keyinchalik Yevropa Ittifo-qmning boshqa aʼzolari ham qoʻshildi. Gʻarbiy Yevropada qazib olinadigan deyarli barcha toshkoʻmirni, choʻyan va poʻlat eritishning 90%ni, temir rudasi qazib olishning 90%ni nazorat qiladi.

Ensiklopediya.uz
YEVROPA KOʻMIR VA POʻLAT BIRLASHMASI