JONDOR haqida

JONDOR haqida

JONDOR

JONDOR, silohdop — saroy lavozimlaridan biri.

1) Movarounnahrda xususan qoraxoniylar va xorazmshohlar davrida yasovulboshi; Saljuqiylar davrida Jondorlar qoʻriqchilik va jallodlik vazifalarini ado etgan jangchilar boʻlib, ularning boshligʻi amiri J. unvoniga ega boʻlgan. Ular somoniylar davrida sohibi xaros (amiri xaros) deb atalgan. Xorazmshoh Takash hujjatlarida Jondor shurat (shaxsiy gvardiya)ning dongdor kishilaridan; soʻnggi xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi vaqtida (1220—31) Shom voliylaridan biri Jondor unvoniga ega boʻlgan;

2) tirik mavjudot, jonivor; 3) joy nomi. Mac: Buxoro viloyatidagi Jondor, Bozorjoyjondor, Kattajondor qishloqlari.

Ensiklopediya.uz
JONDOR