JOUL QONUNI haqida

JOUL QONUNI haqida

JOUL QONUNI

JOUL QONUNIideal gaz ichki energiyasining faqat t-raga bogʻliq boʻlib, hajmga bogʻliq emas, deb hisoblanadigan termodinamika qonuni. Joul Qonuni Joul 1843-y. da aniqlagan. Ideal gaz uchun oʻzgarmas hajmdagi molekulyar issiqlik sigʻimi S t-raga bogʻliq T boʻlmasa, i = hCJT = CJ formula bilan ifodalanadi. Bunda U — ichki energiya, T — t-ra. Joul qonuni ideal gaz uchun toʻgʻri boʻlib, real gazlarga tatbiq qilinganda bir oz xatoga yoʻl qoʻyiladi. Shunga qaramay, texnik hisoblashlarda keng tatbiq qilinadi. Joul qonuni yuqori t-ralarda tatbiq qilinganida molekulalarning tebranma harakati va ularning atomlarga ajralib ketishi natijasida issiqlik sigʻimi S ning ortishini hisobga olish kerak.

Ensiklopediya.uz
JOUL QONUNI