YALPI SIRT haqida
YALPI SIRT
YALPI SIRT — RF Yevropa qismining jan. sharqidagi platosimon qirlar. Volga va Ural daryolarining suvayirgʻichi. Sharqiy qismi tor, oʻydimchuqur. Kenglik yoʻnalishida 500 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 405 m. Gʻarbi Volga daryosi tomon pasayib boradi. Sharqda Janubiy Ural togʻlariga yondosh, jan. da Kaspiyboʻyi pasttekisligidan pogʻonasimon koʻtarilgan. Markaziy qismida uncha baland boʻlmagan qoldiq tepalari (shixanlar)dan iborat boʻlib, bal. 50—100 m. Ya. S. paleozoy va mezozoy qumtoshlari, gil, ohaktoshlaridan tashkil topgan. Ohaktoshlarda karst relyef shakllari hosil boʻlgan. Yalpi Sirtdan Samara, Katta Irgiz va Ural daryolarining baʼzi irmoqlari boshlanadi. Dasht oʻsimliklari oʻsadi.
Ensiklopediya.uz
YALPI SIRT