YESIPOV Ivan Nilovich haqida

YESIPOV Ivan Nilovich haqida

YESIPOV Ivan Nilovich

YESIPOV Ivan Nilovich (1901.4.2 — Toshkent — 1963.6.10) — opera xonandasi (bas), Oʻzbekiston xalq artista (1952). Toʻliq diapazonli, yoqimli ovoz sohibi. Moskva va Tbilisi konservatoriyalarida oʻqigan. Toshkent rus opera va balet teatri (1939—48), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1948 — 60) yakkaxoni. Alovuddin Shoshiy (A. Kozlovskiy, «Ulugbek»), Boris Godunov (M. Musorgskiy, «Boris Godunov»), Ivan Susanin (M. Glinka, «Ivan Susanin»), Gremin (P. Chaykovskiy, «Yevgeniy Onegin»), Storojev (T. Xrennikov, «Boʻronda»), Mefistofel (Sh. Guno, «Faust»), Nilikanta (L. Delib, «Lakme») va b. partiyalarni mahorat bilan ijro etgan.

Ensiklopediya.uz
YESIPOV Ivan Nilovich