JAFNA haqida

JAFNA haqida

JAFNA

JAFNA, Vapanaya, Yapanaya — Shri Lankadagi shahar va port, Jafna ya. o. da. Shimoliy provinsiyaning maʼmuriy markazi. Qad. Tamil davlatining poytaxti boʻlgan. Axolisi 130 ming kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari; aholisining soni jihatidan mamlakatda 2-oʻrinda). Savdo markazi. Jafnadan mamlakat janubiga boruvchi t. y. va avtomobil magistral yoʻli boshlanadi. Mamlakatning Hindiston va Myanma bilan iqtisodiy aloqalarining ancha qismi Jafna orqali olib boriladi. Toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati hamda q. x. xom ashyosini qayta ishlaydigan korxonalar bor. Baliq ovlanadi.

Ensiklopediya.uz
JAFNA