JUMGʻOʻLTOV haqida

JUMGʻOʻLTOV haqida

JUMGʻOʻLTOV

JUMGʻOʻLTOV — Tyanshan togʻlarining shim. tizmalaridan biri (Qirgʻizistonda). Kenglik boʻylab yoʻnalgan. Gʻarbda Koʻkumeren daryosi darasi orqali Susamir togʻ tizmasidan ajralib turadi. Jan. da Jumgʻoʻl soyligi bor. Uz. 100 km dan ziyod. Eng baland joyi 3948 m. Tufogen qumtoshlar, ohaktosh-slyuda slaneslari va granitlardan tarkib topgan. Yon bagʻirlarida yer bagʻirlab oʻsadigan archali oʻtloqlar, oʻtloq-dasht changalzorlari, qora qaragʻay oʻrmonlari bor.

Ensiklopediya.uz
JUMGʻOʻLTOV