JOUL haqida

JOUL haqida

JOUL

JOUL (Joule) Jeyms Preskott (1818.24.12, Solford, Lankashir — 1889.11.10, Seyl, Cheshir) — ingliz fizigi. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1850-y. dan). Ilmiy ishlari elektromagnetizm va issiqlikka oid. Energiyaning saqlanish qonunini tajribada asoslagan. Issiqlikning mexanik ekvivalentini topgan. Joul oʻtkazgichdan tok oʻtganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok miqdori kvadratiga va elektr qarshiligiga toʻgʻri mutanosib ekanligini (Joul—Lens qonunini, E. X. Lensdan mustaqil ravishda) asoslagan (1841), issiqlikning mexanik ekvivalentini aniqlagan (1843). Joul ingliz fizigi U. Tomson bilan birga gaz gʻovak toʻsiqlardan oʻtganida uning t-rasi oʻzgarishini tajribada koʻrsatib bergan (1854). Bu hodisa J. — Tomson effekti deb ataladi va u gazlarni suyultirishda muhim oʻrin egallaydi. Joul termodinamik t-ra shkalasini hisobladi, t-ra T tushunchasini fanga kiritdi, magnitning toʻyinishini payqadi va b. ishlar bilan shugʻullandi.

Ensiklopediya.uz
JOUL