JAHONGIR MIRZO haqida

JAHONGIR MIRZO haqida

JAHONGIR MIRZO

JAHONGIR MIRZO (13961433.24.6) — Movarounnahr xoni (140509), Hisor hokimi (1409-33). Temuriylardan. Muhammad Sulton Mirzoning katta oʻgʻli. 1405-y. Amir Temur vafotidan soʻng, Xalil Sulton Samarqand taxtiga oʻtirgach, 9 yoshli Jahongir Mirzoni xon koʻtarib, oʻzi otabeklik mansabida xukmronlik qilgan. 1409-y. Shohrux Mirzo Movarounnahrni egallab Samarqand taxtiga Ulugʻbekni oʻtqazgan. Jahongir Mirzoga Hisor hokimligini berib, unga yosh boʻlganligi uchun Hamza Sulduzni otabek qilib tayinlagan. Movarounnahrdagi hokimiyatni qayta egallash uchun Ulugʻbekka qarshi kurashgan. Biroq Qizil Rabot mavzeida Shohrux Qoʻshini bilan boʻlgan jangda (12 iyul 1410-y.) yengilgan.

Ensiklopediya.uz
JAHONGIR MIRZO