YER TUZISH XARITASI haqida

YER TUZISH XARITASI haqida

YER TUZISH XARITASI

YER TUZISH XARITASI — yerga egalik qiluvchi xoʻjaliklar hududidagi tafsilotlar (sugʻorish va yoʻl tarmoqlari, aholi yashash joylari va h. k.) va yer turlari (haydaladigan yerlar, bogʻlar, yaylovlar va b.) gorizontal proyeksiyasining kichraytirilgan tasviri. Yer tuzish xaritasi aerofotosuratlar asosida maxsus fotografiya asboblari yordamida joy tasvirining toʻla maʼlumotlari bilan tuziladi. Ayrim hollarda Yer tuzish xaritasi dala oʻlchov ishlari natijasida tuzilishi mumkin.

Yer tuzish xaritasi 1:10000 va 1:25000, baʼzan 1:5000, 1:50000 masshtablarda tuziladi. Aholi yashaydigan joylar, yer turlari, ekinzorlar va b. yer uchastkalarining Yer tuzish xaritasida tasvirlash yer tuzish ishlarida qoʻllash uchun tavsiya qilingan shartli belgilar bilan ifodalanadi. Yer tuzish xaritasi yer tuzish loyihalarining chizma qismini bajarishda, tuproq, sugʻorish, yerlarni baholash va hisoblash xaritalarini tuzishda, maxsus agrotexnik, agrokimyoviy, gidrotexnik va b. tadqiqotlar oʻtkazishda, shuningdek, xoʻjalikning yerdan foydalanish huquqini beruvchi davlat dalolatnomasini izohlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi. Yer tuzish xaritasi larining koʻpaytirilgan nus-xalari viloyat va tuman miqyosidagi yer tuzish, q. x. xaritalarini tayyorlashda asos qilib olinadi. Yer tuzish xaritasi barcha yer tuzish loyihalarining tarkibiy qismiga kiradi.

Ensiklopediya.uz
YER TUZISH XARITASI