ZINVAR haqida

ZINVAR haqida

ZINVAR

ZINVAR (qad. fors. — tosh qalʼa) — oʻrta ayerlarga oid Chagʻoniyon shaharlaridan biri. Denovdan 3 km shim. shark,da joylashgan Oqqoʻrgʻontepa shahar xarobasi oʻrnida boʻlgan deb taxmin etiladi (E. V. Rtveladze). «Hududulolam»ga koʻra, 3. aholisi oz boʻlib, kichik shahar boʻlsada, dehqonchilik taraqqiy etgan. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Zinvarda hayot ilk oʻrta asrlardan (6—7a. lar) 18a. gacha davom etgan. Ad.: Arshavskaya 3. A., Rtveladze E. V., Xakimov 3. A., Srednevekovыye pamyatniki Surxandari T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.

Ensiklopediya.uz
ZINVAR