ZAHONA haqida
ZAHONA
Mundarija
скрыть
ZAHONA — Koʻhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining jan,gʻarbida, Sherobod tumani hududida, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 m. Z. ga may—noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻl orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Zahonaga boradigan soʻqmoq yoʻl atroflari archazor oʻrmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadi.
Ensiklopediya.uz
ZAHONA