JIZZAX ZILOLATEKS AKSIYADORLIK JAMIYATI haqida
JIZZAX ZILOLATEKS AKSIYADORLIK JAMIYATI
JIZZAX «ZILOLATEKS» AKSIYADORLIK JAMIYATI — trikotaj (ust kiyim, bolalar kiyimi) mahsulotlari ishlab chiqaradigan sanoat korxonasi, «Oʻzbek yengilsanoat» davlat uyushmasi tizimida faoliyat koʻrsatadi. Korxona 1976-y. da Toshkent «Malika» trikotaj birlashmasi filiali negizida Jizzax sh. da tashkil qilingan. 1982-y. da Jizzax trikotaj birlashmasiga aylantirilgach, uning qoshida Hamroqul Nosirov nomidagi va «Marjonbuloq» tikuv f-kalari tashkil etilgan. 1994-y. da esa hoz. nomdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi OʻzR Ichki ishlar vazirligi, chegara qoʻshinlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimidagi korxona hamda muassasalarga yetkazib beriladi. Xom ashyo asosan Navoiy, Toshkent va Namangan viloyatlaridan keltiriladi. Korxona yiliga 3400 ming dona trikotaj mahsulotlari i. ch. quvvatiga ega boʻlib, texnologiyalar Germaniya, Yaponiya, Ukraina va Rossiyadan keltirilgan. Jamiyat qoshida 1997-y. dan nitron mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxona ishlaydi (yillik quvvati 270 t nitron). Korxona 2000-y. Fransiya (Parij)da boʻlib oʻtgan yengil sanoatchilar milliy assotsiatsiyasining oltin medali hamda sertifikati b-n taqdirlangan.
Ensiklopediya.uz
JIZZAX ZILOLATEKS AKSIYADORLIK JAMIYATI