ZARRA-ANTIZARRA JUFTI haqida

ZARRA-ANTIZARRA JUFTI haqida

ZARRA-ANTIZARRA JUFTI

ZARRA-ANTIZARRA JUFTI — zarralar bilan antizarralarning bir vaqtda birgalikda (juft holda) hosil boʻlishi. Bu jarayon energiya, impuls va b. kattaliklarning sakdanish qonunlariga boʻysunadi. Zarra-antizarra jufti xreil boʻlishi yadro b-n toʻqnashuvchi zarra energiyasiga va jarayonda ishtirok etuvchi boshka zarralarning xossalariga bogʻliq.

Elementar zarralarning yemirilishi, ularning oʻzaro yoki yadrolar bilan toʻqnashuvi natijasida turli Zarra-antizarra jufti hosil boʻladi. Maye, proton (r) bilan proton (r) toʻqnashuvi natijasida proton (r) va antiproton (u/), foton (u) bilan proton O) toʻqnashuvi natijasida musbat myuon (s+) hosil boʻladi va h. k. Yemirilish natijasida neytral kaon (A^mezonEdan musbat pion (musbat kmezon, d+) va manfiy pion (manfiy tsmezon, l»), neytral pion (7s°)dan elektron (v») va pozitron (ye+) hosil boʻladi va h. k. Odatda, Zarra-antizarra jufti hosil boʻlishi deganda fotondan elektron va pozitronning u> (yeg + ye+) vujudga kelishi tushuniladi. Biror zaryadli zarra (mas, atom yadrosi) maydonidagi foton elektronpozitron juftligini hosil qiladi. Zarra-antizarra jufti hosil boʻlishi va annigilyatsiya hodisalari materiyaning bir shakldan boshqa shaklga (modda shaklidan maydon shakliga) va aksincha oʻtishini isbotlashga dalil boʻladi.

Ensiklopediya.uz
ZARRA-ANTIZARRA JUFTI