YETIMTOGʻ QABRISTONLARI haqida

YETIMTOGʻ QABRISTONLARI haqida

YETIMTOGʻ QABRISTONLARI

YETIMTOGʻ QABRISTONLARIJizzax viloyati hududidagi togʻ nomi b-n atalgan qad. qabristonlar (mil. av. 1-ming yillik). Yetimtogʻ yaqinida jami 3 ta qabriston bor: Yetimtogʻ I, II, III. Har bir qabriston 5—10 ta qabrqoʻrgʻondan iborat. Yetimtogʻ I 1970-y. Jizzax arxeologiya otryadi tomonidan oʻrganilgan. Undagi 6 qabrqoʻrgʻondan bittasi qazilgan. Uning ichidan yonma-yon ikkita qabr qoldigʻi topildi. Qabrqoʻrgʻonning shim.gʻarbiy devori orasidan mil. av. 7-a. ga oid uch qirrali jez paykon (oʻq uchi), devorning shim. qismidan esa qoʻlda yasalgan sopol idish boʻlaklari va jez zebziynat buyumlari topildi. Yetimtogʻ II, III qabristonlarida qazish ishlari olib borilmagan.

Ensiklopediya.uz
YETIMTOGʻ QABRISTONLARI