ZOKIROV Uzuv Boqiyevich haqida

ZOKIROV Uzuv Boqiyevich haqida

ZOKIROV Uzuv Boqiyevich

ZOKIROV Uzuv Boqiyevich (1934.17.9, Toshkent) — farmakolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), tibbiyot fanlari d-ri (1968), prof. (1970). ToshTI ni tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA Usimlik moddalari kimyosi in-tida kichik va katta ilmiy xodim (1961—69). ToshTI farmakologiya kafedrasi mudiri (1978-y. dan). Toshkent farmatsevtika inti rektori (1985—88). Farmakalogiya qoʻmitasi raisi (1995—98). Asosiy ilmiy ishlari Urta Osiyoda keng tarqalgan dorivor oʻsimliklardan ajratilgan hamda sintez kilingan moddalarni izlash, oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga ba-gʻishlangan. Issiq iqlim sharoitida q. x. da qoʻllaniladigan pestitsidlar b-n zaharlanganda hazm fermentlari faolligining buzilishi hamda uning oqsil, yogʻ, uglevodlar parchalanishi va soʻrilishiga salbiy taʼsirini ilk bor ilmiy asoslab, oldini olish yullarini ishlab chiqqan.

Ensiklopediya.uz
ZOKIROV Uzuv Boqiyevich