ZAKARIYO haqida
ZAKARIYO
ZAKARIYO — Kurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri, Yahyonint otasi. Kurʼonda 8 joyda zikr qilingan, uning nasabi qaqida biron narsa deyilmagan. Kurʼonda aytilishicha, Maryamni tarbiyalayotgan 3. gʻoyibdan qizga har kun turli taomu sharbatlar, yangi mevalar inʼom etilayotganini koʻradi. Bu Allohning marhamati ekanligini, uning har narsaga qodirligini biladi va qarib, zaif boʻlib qolgani, befarzandlik dogi kuydirayotganini arz etib iltijo bilan Alloxdan farzand soʻraydi. Alloh maloikalarni yuborib, unga farzand ato etishligi bashoratini beradi. Farishtalar unga nido qildilar: «(ey, Zakariyo), Alloh senga Allohning soʻzini tasdiq etadigan, (oʻz qavmiga) xoja boʻladigan, (shahvatlardan oʻzini) tiyadigan va soliq paygʻambarlardan boʻladigan Yaxyo ismli farzand xushxabarini berur» (3:39). Shunda 3., menga keksalik yetgan, xotinim tugʻmas boʻlsa, mendan qanday farzand boʻlsin, dedi. Zakariyoga belgi berildi: uch kungacha Zakariyoning tili Allohning zikridan oʻzga soʻzga aylanmay qoldi. Odamlarga esa faqat imoishora bilan muomala qildi. Bu Z. ning xotini homilador boʻlganidan darak edi. Rivoyatda aytilishicha, 3. shaytonning sotqinligi tufayli shaxid boʻlgan.
Ensiklopediya.uz
ZAKARIYO