JUMA haqida
JUMA
JUMA (arab. — jam boʻlish) — 1) Grigoriy kalendarida hafta tarkibiga kirgan kunlardan beshinchisining nomi; 2) musulmonlar taqvimida oltinchi kun nomi. Islom dinida «sayyid ul-ayyom» — kunlarning ulugʻi sifatida eʼzozlanadi. Juma kuni peshin namozi oʻrniga Juma namozi oʻqiladi. Imom-xatiblar namoz oldidan yarim soat chamasida mavʼiza (liniy vaʼz) oʻqiydilar. Soʻng ikki bor azon aytilib, katta jamoat bilan namoz ado etiladi. Musulmon mamlakatlarida Juma kunini dam olish kuni deb belgilagan boʻlsalarda, asli bu kunda dam olish shart emas. Chunki Qurʼoni karimning «Jumʼa» surasida: «Juma namozini oʻqib boʻlganlaringizdan keyin (kasbhunar, savdo-sotiq ishlaringiz sari) tarqab ketingizlar va Allohning fazli (rizqi)ni soʻrangizlar» (Abdulaziz Mansur tarjimasi) deyilgan.
Ensiklopediya.uz
JUMA