ZOLOTNIK haqida

ZOLOTNIK haqida

ZOLOTNIK

ZOLOTNIK (rus.) — 1) kad. rus ogirlik ulchovi; 1 zolotnik = 1/96 funt = 4,266 g;

2) bugʻ mashinalari va turbinalari, pnevmatik mexanizmlar, gidroavtomatika tizimlari va rostlovchi kurilmalarda bugʻ, suyuqlik yoki gaz oqimini taqsimlab beradigan qoʻzgʻaluvchan klapan. Z. ning qutisimon, silindrik va burilma turlari bor. Qutisimon 3. tunkarilgan kuti / dan iborat. U tortqi 2 vosita-sida 3. sirti 3 buylab chap yoki ungga harakatlanib, tuynuk 4 va 5 ni ochadi yoki yopadi. Zolotnikning holatiga qarab, tuynuk Zolotnikning ish suyuqligi yoki gazli qismi 6 yoki boʻshliq 7 bilan tutashadi.

Silindrik Zolotnikning ishi kutisimon Zolotnik nikiga oʻxshash U ikkita porshen / va 2, shtok 3 va tuynukli vtulka 4 dan iborat. Burilma 3. qavariq qism /, vtulka 2 (ikkita 3 va 4 tuynukli), qoʻzgʻalmas oʻq 5 dan iborat. 3. oʻq atrofida aylanganda tuynuklar, kameralar 6 yoki 7 bilan tutashadi, ish suyuqligi yoki gaz oqimi kerakli tomonga yoʻnaladi.

Ensiklopediya.uz
ZOLOTNIK