ZVEZDA VOSTOKA haqida

ZVEZDA VOSTOKA haqida

ZVEZDA VOSTOKA

«ZVEZDA VOSTOKA» («Sharq yulduzi») — Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy-badiiy va ijtimoiy-siyosiy jurnali. Toshkentda rus tilida 3 oyda bir marta chiqadi. Muassislari — Toshkent matbaa kombinata, «Oʻqituvchi» nashriyoti, «Matbuot tarqatuvchi» Ochiq aksiyadorlik jamiyati. Jur. dastlab «Sovetskaya literatura narodov Azii» («Osiyo xalklari sovet adabiyoti», 1932—34), «Literaturnыy Oʻzbekiston» («Oʻzbekiston adabiyoti», 1935—40), «Literatura i iskusstvo Uzbekistana» («Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati») nomlari bilan nashr etilgan. 1946-y. dan hoz. nomda. «Zvezda Vostoka» oʻzbek adabiyotida yaratilgan eng yaxshi asarlarni, shuningdek, mahalliy rusiyzabon yozuvchilar, chet el yozuvchilarining asarlarini, adabiyot va sanʼatning muxim sohalariga bagʻishlangan adabiytanqidiy maqolalarni, Oʻzbekiston va butun Sharq tarixi, madaniyatiga oid ilmiy makrlalarni, esselarni, zamondoshlarimiz haqidagi ocherklarni va b. ni eʼlon qiladi. Jur. ga turli davrlarda M. I. Sheverdin, A. M. Ivanov, G. P. Vladimirov, V. A. Kostirya, S. P. Tatur, S. Madaliyev, N. N. Krasilnikov va b. muharrirlik qilishgan. Adadi 1500 ga yaqin (2002).

Ensiklopediya.uz
ZVEZDA VOSTOKA