ZAQQUM haqida

ZAQQUM haqida

ZAQQUM

ZAQQUM, anchar (Antiaris) — tutdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Bir uyli daraxt yoki butalardan iborat. Guli mayda, koʻrimsiz, changchilari kallaksimon toʻpgul, urugʻchisi shoxlarda bittadan joylashgan. Osiyo, Afrika tropiklarida va Madagaskar o. da 5—6 turi bor. Osiyoning tropiklarida oʻsadigan A. toxicaria degan yirik daraxt Zaqqumning bir turi boʻlib, zaharli sut shirasi tarkibida antiarin va antiozidin glikozidi bor. Zaqqumning shirasi zaharli boʻlganidan mahalliy xalq kamalak oʻqlarini zaharlashda qadimdan foydalanib keladi.

Ensiklopediya.uz
ZAQQUM