ZINGER haqida

ZINGER haqida

ZINGER

ZINGER (Singer) Ayzek (Isaak) Bashevis (1904. 14. 7, Polsha, Radzimin — 1991. 24. 7, AQSH, Mayami) — yaxudiy yozuvchisi. Kelib chiqishi polshalik. 1935-y. dan AQSHda istiqomat qila boshlagan. «Goredagi Iblis» (1935), «Gimpel — ahmoq» (1956), «Qisqa juma kuni» (1965), «Tabaka» (1965), «Kafkaning doʻsti va boshqa hikoyalar» (1969), «Oʻchoq oldidagi hikoyalar» (1971), «Oyina va boshqa hikoyalar» (1975) va b. hikoyalar toʻplamlarining muallifi. «Moskat oilasi» (1950), «Qul» (1957), «Lyublinlik koʻzbogʻlovchi» (1965), «Qoʻrgʻoncha» (1975), «Shosha» (1981) romanlari bor. 3. nasriga xos xususiyat shuki, u oʻz qahramonlarini koʻpincha mubolagʻali holatda tasvirlaydi, aql bovar qilmaydigan mazmun hamda murakkab shakllar uning asarlarida yetakchilik qiladi. Nobel mukofoti laureati (1978).

Ensiklopediya.uz
ZINGER