JUZJON haqida

JUZJON haqida

JUZJON

JUZJON, Guzgon — Afgʻonistonning shim. dagi tarixiy shahar va viloyat (hoz. Jouzjon). «Shohnoma»pa Turon shohi Afrosiyob bilan bogʻliq voqealar munosabati bilan qayd etib oʻtilgan. Xitoy manbalarida («Tanshu») Xu-chje-kyen deb nomlanib uning podshosi 50 ming kishilik qoʻshinga ega ekanligi va u Toxaristonning turkiy qavmlardan boʻlgan oliy yabgʻusiga tobe ekanligi aytilgan. Arablar istilosidan avvalgi davrda Juzjon hokimlari «guzgon-xudot» yoki «Guzganon shox.» unvoniga ega boʻlishgan. 10-a. da Juzjonda hukmronlik qilgan Farigʻuniylar sulolasi vakillari ana shu unvon bilan aytilgan. Arabxalifaligi davrida Juzjon viloyatidan atigi 152 ming dirham xiroj olingan. 10-a. da Juzjon keng hududni qamragan badavlat, gullab-yashnagan viloyat boʻlgan. Gʻarbda u Garchiston va Marv, sharqda Balx, Toxariston va Bomiyon, jan. da Gʻur va Bust, shim. da Amudaryo b-n chegaralangan. Juzjon hokimi shu qadar kuchli boʻlganki, hatto Somoniylarp xiroj toʻlamay faqatgina sovgʻa-salom joʻnatib turgan. «Hudud ul-olam»ga koʻra J. shohi oʻz zamonasidagi hukmdorlar ichida eng obroʻli, qudratli, aqlli, dono va oʻqimishlisi boʻlgan. Uning mulkida adolat, tinchlik va osoyishtalik hukm surgan. 9-a. da Juzjonning poytaxti Anbar sh. (hoz. Saripul) boʻlib, unda xalifalik voliysining qarorgohi joylashgan. 10-a. da unda Farigʻuniylarning qishki qarorgohi boʻlib, yozgi qarorgoh Gurzuvon sh. da boʻlgan. «Hudud ul-olam»ga koʻra Anbar boy shahar boʻlib, savdo ahli gavjum boʻlgan markaz sanalgan. Bu yerda mashhur «guzgon terisi» tayyorlanib, u turli mamlakatlarga chiqarilgan. Shaharda oʻzining zarbxonasi, ulkan jome masjidi boʻlgan. 1019-y. farigʻuniylar sulolasi taxtdan agʻdarilgach, Mahmud Gʻaznaviy J. ni Gʻaznaviylar saltanati tarkibiga qoʻshib olgan. Juzjon bu davrda yirik iqtisodiy va harbiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻlgan. 1198-y. apr. da Juzjon qoraxitoylar bosqiniga uchragan. 13-a. boshida uni moʻgʻullar, 14—15-a. larda temuriylar egallagan. 16-a. da shayboniylar, 17-a. da auimapxoHuwiapra tobe boʻlib Balx mulkiga tegishli boʻlgan. 18-a. oʻrtalaridan afgʻonlarning Durroniylar davlati, 1919-y. da mustaqil Afgʻoniston davlati tuzilgach, uning viloyatlaridan biri.

Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamal iddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv. T., 1996.

Ensiklopediya.uz
JUZJON