JIZYA haqida

JIZYA haqida

JIZYA

JIZYA (arab. — jon soligʻi) — dastlab arab xalifaligida, keyinchalik boshqa musulmon davlatlari (jumladan, Oʻrta Osiyo)da musulmon boʻlmagan fuqarolardan olingan jon soligʻi. Davlat musulmon boʻlmagan fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishi, ularni tashqi va ichki tajovuzlardan saqlashi lozim boʻlgan. Shuning evaziga ulardan Jizya undirilgan. Jizya balogʻatga yetganlarga solingan (qariyalar, ayollar, bolalar, qul va ishga yaroqsizlar esa undan ozod qilingan). Jizya asosan pul va natura tarzida undirilgan.

Ensiklopediya.uz
JIZYA