JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI haqida
JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI
JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI — bolalar teatri. 1983-y. Jizzax sh. da tashkil etilgan. A. Mamatov, 3. Mahmudovalar teatrning ilk aktyorlaridir. «Oʻjar quyoncha» (M. Suponin) spektakli bilan ochilgan. Eng yaxshi spektakllari: «Farhod va Shirin» (A. Navoiy), «Tomoshada tomosha» (M. Ashurova), «Makkor tulkicha» (V. Pavlovskiye), «Kashmir qoʻshigʻi» (Sh. Rashidov), «Tomosha» (K. Qodirov, N. Normat), «Boʻgʻirsoq» (Ye. Patrik), «Quvnoq ayiqchalar» (M. Polivanova), «Obi hayot» (M. Ashurova), «Shoʻx xoʻtikcha» (Temurbek), «Semurgʻ» (H. Olimjon) va b. J. Muxtorov, J. Mamarahimov, 3. Mamarahimova, 3. Mahmudova, F. Yoʻldoshev, F. Hasanov va b. teatrning yetakchi aktyorlaridir. Oʻzbekiston Respublikasi qoʻgʻirchoq teatrlari 3-festivalida «Farhod va Shirin» spektakli bilan festivalning eng oliy mukofotiga sazovor boʻlgan (1992). Teatrning sahnalashtiruvchi rej. — Rustam Aliyev (2002). 1998-y. AQSHda gastrolda boʻlgan.
Abduvohid Xoʻjayev.
Ensiklopediya.uz
JIZZAX VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI