JEMS haqida

JEMS haqida

JEMS

JEMS (James) Uilyam (1842.11.1, Nyu-York — 1910.26.8, Chokorua, NyuXempshir) — amerikalik faylasuf va psixolog. Garvard un-ti prof. (1872 — 1907). Materializmga qarshi «radikal empirizm» namoyandasi va pragmatizm asoschisi. Jems erkin ijodiy shaxc hamda voqelikning koʻp shaklliligi (q. Plyuralizm) gʻoyalarini ilgari surdi. Psixologiyada assotsiativ nazariya (q. Assotsiatsiya)ga qarshi boʻldi. Asosiy asarlari: «Psixologiyaning ilmiy asoslari» (1890), «Pragmatizm» (1902), «Koinot plyuralistik nuqtayi nazardan» (1909), «Diniy tajribaning xilma-xilligi» (1902).

Ensiklopediya.uz
JEMS