ZARYA SURXANA haqida

ZARYA SURXANA haqida

ZARYA SURXANA

«ZARYA SURXANA» («Surxon tongi») — Surxondaryo viloyati hokimligining ijtimoiy-siyosiy gaz. Termiz sh. da rus tilida haftada 2-marta chiqadi. Dastlab 1941-y. 10 avg. dan «Leninskoye znamya» («Lenin bayrogʻi») nomi bilan nashr etilgan. 1991-y. dan hoz. nomda. Gaz. ga turli yillarda G. N. Rokotov, P. T. Trofimenko, M. M. Paleskiy, I. M. Melnikov, A. Hakimov, N. Chexakov, D. A. Kucherenko va b. muharrirlik qilgan. Gaz. sahifalarida viloyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotiga doyr materiallar berib boriladi. Mamlakat fuqarolarida yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantirish, shu maqsadda yagona milliy gʻoya — milliy mafkurani yaratish va hayotga tadbiq etish gaz. taxririyati jamoasi oldidagi eng mux,im vazifa sanaladi. Adadi 1000 (2002).

Ensiklopediya.uz
ZARYA SURXANA