YASSI haqida
YASSI
YASSI, Yassi (asli — Saksi) — 1) Turkiston shahrining eski nomi. Bu haqda Mahmud ibn Vali (17-asr) «Bahr ulasror» («Sirlar dengizi») asarida quyidagi maʼlumotlarni keltiradi: «Hozirgi Turkiston — bu Saksi shahri, avom xalq uni Yassi deb ataydi». Arab geograflarining yozishicha, Yassi oʻrnida 10-asrda Shavgʻar shahri boʻlgan. 11 — 12-asrlarda Yassi nomi tarixiy manbalarda uchraydi. Amir Temur va temuriylar davrida qishloq (qarʼya). 1397 yil Sohibqiron Ya. ga kelib shayx Ahmad Yassaviy mozorini tavof qilgan va uning mozori ustiga maqbara solishni buyurgan. Maqbara 2 yilda qurib bitkazilgan (q. Yassaviy maqbarasi majmuasi). Sohibqiron Xitoyga yurish qilganida (1404-yilnoyab.) qoʻshinning amirzoda Sulton Husayn boshchiligidagi soʻl qanoti Yassi va Sabronda qishlaganlar. Dashti Qipchoq va Movarounnahr aholisi tomonidan muqaddas shahar sifatida eʼzozlanib kelingan va Ahmad Yassaviyga nisbat berilib Hazrat, Turkiston, Turkiston ota kabi nomlar bilan ham atalib kelingan. 17-asr oxiri — 18-asrdan Yassi nomi manbalarda uchramaydi;
2) Fargʻona vodiysining sharqida joylashgan dovon va uning atrofidagi viloyat — Yassi Dabon, Yassi dovon, Yassi viloyati. Nizomiddin Shomiynmnt «Zafarnoma»sida yozilishicha, Sohibqiron 1376-yil erta bahorda Qamariddinta qarshi Moʻgʻulistonga yurish qilganida Yassi viloyati va dovonidan oʻtgan.
Ensiklopediya.uz
YASSI