JOʻRAYEV haqida

JOʻRAYEV haqida

JOʻRAYEV

JOʻRAYEV Yursinboy (1944.10.4, Oltiariq tumani) — usta paxtakor, Oʻzbekiston Kahramoni (2000). Mehnat faoliyatini Oltiariq tumanidagi B. Otaqulov nomli jamoa xujaligi aʼzoligidan boshlagan (1960—64). Shu jamoa xoʻjaligida hisobchi (1964-70), brigada boshligʻi (1970-71), 1991-y. dan bosh pudratchi. Joʻrayev rahbarlik qilgan brigada uzok, yillar davomida paxtachilik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999-y. da paxtadan 54 s/ga; 2000-y. da gʻalladan 60 s/ ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻplab shogirdlar tarbiyaladi, respublikada q. x. sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi.

Ensiklopediya.uz
JOʻRAYEV