ZOKIROV Islom Zohidovich haqida

ZOKIROV Islom Zohidovich haqida

ZOKIROV Islom Zohidovich

ZOKIROV Islom Zohidovich (1928.27.1 — Samarqand — 2000.21.1) — akusher-ginekolog, Oʻzbekiston FA akad. (1995), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1965), prof. (1967), SamTIni tugatgan (1948), shu in-tda klinik ordinator (1948—51), akusherlik va ginekologiya kafedrasi assistenti, dotsenti (1951-59), mudiri (1959-y. dan). Zokirovning ilmiy ishlari homiladorlik va ekstragenital patologiya, gestozlar, perinatologiya, jinsiy aʼzolar oʻsmalarining klinikasi va epidemiologiyasi; homiladorlik, tugʻruq va homilaga tegishli noxush omillarni barvaqt aniklash, homiladorlikning muddatidan ilgari barham topish patogezida immunologik, gormonal, fetoplatsentar sistemalar yetishmovchiligini zamonaviy usullar bilan oʻrganishga bagʻishlangan. «Normal akusherlik», «Patologik akusherlik» oʻquv qoʻllanmalari, «Akusherlik terminlarining ruschaoʻzbekcha izohli lugʻati» muallifi. «Shuxrat» medali (1994) bilan mukofotlangan.

Ensiklopediya.uz
ZOKIROV Islom Zohidovich