ZARKOSA haqida
ZARKOSA
Mundarija
скрыть
ZARKOSA — Bobotogʻ tizmasidagi eng baland choʻqqi. Surxondaryo viloyatining shim. sharqida, Uzun tumani xududida joylashgan. Mutlaq bal. 2290 m. Sharkiy yon bagʻri Kofarnihon daryosi vodiysiga hamda shim. va shim. sharqiy yon bagʻri Surxondaryo vodiysi tomon tik tushgan. Jan. va jan. sharqiy yon bagʻri qiya. Qishda qor bilan qoplanadi. Zarkosadan sharqqa kichik soylar oqadi, gʻarbida buloklar bor. Choʻqqi atrofida archazor, pistazor, bodomzorlar mavjud.
Ensiklopediya.uz
ZARKOSA