YANGI MARGʻILON haqida

YANGI MARGʻILON haqida

YANGI MARGʻILON

YANGI MARGʻILONFargʻona viloyatidagi shaharcha (1947-yildan). Margʻilon shahar kengashiga qarashli. Margʻilondan 3—4 km jan. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Margʻilon. Aholisi 23 ming kishi (2004). Shaharda bir necha korxona, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, 4 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat saroyi, aloqa boʻlimi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, kasalxona, dorixona va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Yangi Margʻilondan Margʻilon va Fargʻona shahrilariga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi.

Ensiklopediya.uz
YANGI MARGʻILON