ZIYOVUDDIN haqida

ZIYOVUDDIN haqida

ZIYOVUDDIN

ZIYOVUDDINSamarqand viloyatidagi shaharcha (1972-y. dan). Paxtachi tumani markazi (1973-y. dan). Tumanning oʻrta qismida, Toshkent togʻining shim. sharqiy etagida, qariyb 400 m balandlikda. T. y. stansiyasi — Ziyovuddin. 3. dan Samarqandgacha boʻlgan masofa 135 km. Aholisi 11,6 ming kishi (2000).

Buxoro amirligi davrida hozirgi 3. dan 15 km sharkda Ziyovuddin qalʼasi (Ziyovuddin bekligi qarorgohi), 5 km shim. sharkda Buvi Ziyovuddiniy qishlogʻi boʻlgan (nomi shundan). 1894-y. Ziyovuddin kalʼasidan 15 km gʻarbda (3. oʻrnida) t. y. stansiyasi qurilgan va oʻsha yili 15-maydan poyezd qatnay boshlagan. 3. da paxta tozalash, sut, toshshagʻal, gʻisht, asfalt zdlari, non kti, t. y. transporti korxonalari bor. 3. dan Samarqand, Nurobod, Oqtosh, Navoiy sh. lariga avtobus qatnaydi. Bank boʻlimlari, dehqon bozori, 5 kutubxona (67,8 ming kitobga ega), markaziy stadion, «Paxtachi goʻzali» univermagi, dorixona, «Paxtachi» restorani, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, suv minorasi (1894-y. qurilgan), oʻlkashunoslik muzeyi mavjud. 3. umumiy taʼlim maktabida 2700 ga yaqin oʻquvchi taʼlim oladi (2002). Bolalar musiqa maktabi, bolalar sanʼat maktabi bor. «Oq oltin» ansambli faoliyat koʻrsatadi. 3. da Xotira xiyoboni barpo etilgan.

Ensiklopediya.uz
ZIYOVUDDIN