YaʼQUB haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
YaʼQUB haqida malumot bilib oling.

YaʼQUB — Qurʼonda zikri kelgan paygʻambarlardan biri. Isʼhoqning oʻgʻli, Yusufning otasi. Bibliyada Iakov deb tilga olingan. Yaʼqub ayrim rivoyatlarda Isroil deb ham nomlangan. Ya. Allohning birligiga, ibodatiga daʼvat etuvchi paygʻambarlardan boʻlgan. Qurʼonda uning taqvodorligi va paygʻambarligi Allohning Ibrohim avlodlariga koʻrsatgan marhamati sifatida ifodalangan (2:136/130, 140/134; 6:84). Yaʼqub ikki xotini (Liyah, Rohila)dan va ikki choʻri (Zalfo, Balha)dan 12 oʻgʻil koʻrgan. Rivoyatlarga koʻra, yer yuzidagi barcha yahudiylar Ya. ning ana shu farzandlaridan tarqalgan.

Ensiklopediya.uz
YaʼQUB