JITOMIR VILOYATI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JITOMIR VILOYATI haqida malumot bilib oling.

JITOMIR VILOYATI — Ukrainadagi viloyat. 1937-y. 22 sent. da tuzilgan. Mayd. 29,9 ming km2. Aholisi 1467,9 ming kishi (1997), asosan ukrainlar, shuningdek, rus, polyak, yahudiy va b. ham yashaydi. Jitomir viloyatida 22 tuman, 9 shahar, 40 shaharcha bor. Markazi — Jitomir sh.

Relyefi tepalik va pasttekisliklardan iborat. Foydali qazilmalari: granit, gneys, labradorit, yashma, topaz, kvarsit, marmar, pirofillit, oxaktosh, mergel, oxra, kvars qumi, kaolin, oʻtga chidamli tuproq, temir va titan rudalari, qoʻngʻir kumir, torf. Iqlimi muʼtadil kontinental. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,7°, iyulniki 18,9°. Yillik yogʻin 570—600 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Daryolari Dnepr havzasiga mansub. Qoratuproq, va kulrang oʻrmon tuprogʻi, chimli podzol va botqoq tuproqlar tarqalgan. Viloyat hududi aralash oʻrmonlar (Polesye) va oʻrmonli dasht zonalarida joylashgan.

Asosiy sanoat tarmoqlari: ruda va koʻmir qazib chiqarish, mashinasozlik, toʻqimachilik, avtomobilsozlik va b. Oziq-ovqat sanoati (shakar-qand, spirt-araq, pivo, goʻsht, yogʻ-pishloq, sut, un, sabzavot konserva) rivojlangan. Toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻn poyabzal, madaniy mollar i. ch. korxonalari bor. Elektr asboblari, kimyo sanoati uchun asbob-uskunalar ishlab chiqariladi. Yogʻochsozlik korxonalari va 4 qogʻoz f-kasi, shu jumladan elektrotexnika sanoati uchun eksportga eng yupqa kondensator qogʻozi ishlab chiqaradigan Malin qogʻoz f-kasi bor. Oynashisha (Jitomir), chinni z-dlari va koʻzgu f-kasi ishlab turibdi. Kon sanoatida qora metallurgiya sanoati uchun oʻtga chidamli dinas kvarsitlari, titanli ilmenit, pushtirang slanes-pirofillit ishlab chiqariladi.

Q. x. da zigʻir tola, kartoshka, gʻalla, qand lavlagi yetishtiriladi, oʻrmonlidasht qismida sut-goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Bogʻdorchilik va rezavormevachilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Asalari boqiladi. Baliqxoʻjaligi bor. Asosiy t. y. magistrallari: Kiyev-Brest, Kiyev—Lvov. Asosiy avtomobil magistrali: Kiyev—Lvov. 3 oliy oʻquv yurti, musiqali drama, qoʻgʻirchoq teatrlari, filarmoniya, 8 muzey bor.

Ensiklopediya.uz
JITOMIR VILOYATI