JOʻRAYEV haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JOʻRAYEV haqida malumot bilib oling.

JOʻRAYEV Asror (1911.22.11 – Samarkand — 1983.28.11) — rej. va aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Maxsus rej. lik kursini tugatgan (Moskva, 1939, 1948). Ijodiy faoliyatini «Koʻk koʻylak» havaskorlik truppasida boshlagan. 1930-y. dan Samarqand teatrida aktyor, 1933-y. dan rej. (1940 — 44, 1948-57 bosh rej.). 1964-y. dan Samarqand opera va balet teatrida rej. Aktyor sifatida Oʻlmas («Yondiramiz»), Yegor («Oila») kabi obrazlarni yaratgan. Eng yaxshi spektakllari: «Davron ota», «Hamshahar yigit», «Nurxon», «Alisher Navoiy», «Shohi soʻzana», «Sepsiz qiz», «Nodira» va b. Shuningdek, «Dilerom» (M. Ashrafiy), «Tohir va Zuhra» (T. Jalilov), «Maysaraning ishi» (S. Yudakov), «Farhod va Shirin» (V. Uspenskiy, G. Mushel) kabi operalarni sahnalashtirgan. Jizzax, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrlari, Kattaqoʻrgʻon drama teatri sahnalarida ham spektakllar qoʻygan.

Ensiklopediya.uz
JOʻRAYEV