YORUGʻLIK SEZGIR MATERIALLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
YORUGʻLIK SEZGIR MATERIALLAR haqida malumot bilib oling.

YORUGʻLIK SEZGIR MATERIALLARyorugʻlik nuri taʼsirida fizikkimyoviy jihatdan oʻzgaradigan materiallar (foto yoki kinoplyonkalar, foto qogʻozlar). Fotografiya va kinematografiyada Yorugʻlik sezgir materiallar tayyorlashda ishlatiladigan yorugʻlik sezgir modda sifatida, koʻpincha, kumushning galoid tuzlari (kumush bromid, kumush xlorid, kumush yodid) ishlatiladi. Fotoplastinka, fotoplyonka, kinoplyonka (selluloid, triatsetat yoki atsetilsellyuloza) va fotoqogʻozga shunday moddalar surkaladi (yana q. Fotomateriallar).

Ensiklopediya.uz
YORUGʻLIK SEZGIR MATERIALLAR