JIZZAX MEBEL FABRIKASI haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JIZZAX MEBEL FABRIKASI haqida malumot bilib oling.

JIZZAX MEBEL FABRIKASI — 1994-y. da «Oʻzbekmebel» davlat aksiyadorlik birlashmasi tizimida Jizzax sh. da tashkil etilgan. 2001-y. dan viloyat hokimligi tasarrufiga oʻtkazilgan. Fabrika sexlarida karavot, shkaf, divan, kreslo, oʻrindiqlar, stol, ishxona jihozlari, oʻquvchilar partalari va mebel mahsulotlari hamda mahalliy xom ashyo (gʻoʻzapoya)dan DVP (yogʻochtola plitalari) mahsulotlari ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning asosiy qismi viloyatdagi isteʼmolchilarga joʻnatiladi. Mebel va mebel mahsulotlari uchun xom ashyo Germaniya, Italiya, Rossiyadan va Boltiqboʻii mamlakatlaridan keltiriladi.

Ensiklopediya.uz
JIZZAX MEBEL FABRIKASI