YANGI ANGLIYA haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
YANGI ANGLIYA haqida malumot bilib oling.

YANGI ANGLIYA — AQSHning shimsharqiy qismida tarixiy tarkib topgan hudud nomi. Yangi Angliyada Massachusets, Konnektikut, RodAylend, NyuXempshir, Vermont, Men shtatlari joylashgan. Mayd. 172,6 ming km2. Aholisi 15,2 mln. kishidan ziyod (2002). Eng muhim sanoat, savdomoliya va madaniyat markazi va porti — Boston shahri Yuqori malakali mutaxassislar mehnati talab etiladigan sanoat tarmoqlari rivojlangan. Iqtisodiy faol aholining 1/3 qismi ishlab beruvchi sanoat tarmoqlarida band. Q. x. shahar aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga ixtisoslashtan.

«Yangi Angliya» nomi shu hududdagi Shim. Amerika sohillarini tadqiq etgan (1614) ingliz kapitani J. Smit tomonidan berilgan. Hududni mustamlakaga aylantirish, asosan, 17-asrning 20-y. laridan boshlangan. Yangi Angliya inglizlarning Amerikadagi mustamlakalari orasida iqgisodiy jihatdan eng rivojlangan hududi edi. Yangi Angliya aholisi 1775—78 yillarda Shim. Amerika mustaqilligi uchun va 1861—65 yillardagi fuqarolik urushida faol ishtirok etgan.

Ensiklopediya.uz
YANGI ANGLIYA