JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR haqida malumot bilib oling.

Ensiklopediya
JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR haqida malumot bilib oling.

JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR — sodir etilgan jinoyatning va jinoyat sodir etgan shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasini kamaytiruvchi hamda yengilroq jazo tayinlash uchun asos boʻladigan holatlar. Oʻzbekiston JK (55-modda)da Jazoni yengillashtiruvchi holatlarning roʻyxati berilgan, u qatʼiy boʻlmay, sud aybdorga jazo tayinlash vaqtida mazkur moddada koʻrsatilmagan boshqa holatlarni ham yengillashtiruvchi holat deb hisoblashi mumkin. Mac. aybdorning qaramogʻida yosh bolalari, qari yoki nogiron ota-onalari borligi Jazoni yengillashtiruvchi holatlar hisoblanadi. Jazoni yengillashtiruvchi holatlar jinoyat tarkibiga kiruvchi belgi boʻlmay, balki undan tashqarida boʻlgan qolat hisoblanadi. Shu boisdan Jazoni yengillashtiruvchi holatlar jinoyatni kvalifikatsiya qilishga taʼsir etmaydi, aybdorning qilmishi kvalifikatsiya etilgan moddada nazarda tutilgan jazoning yengilroq turini yoki kamroq qismini tayinlashga asos boʻladi.

Ensiklopediya.uz
JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI HOLATLAR