Suvchechak nima, belgilari va davolash usuli
Suvchechak– Bu asosan yosh bolalarda keng tarqalgan virusli kasallik. Ushbu kasallikda asoratlar kam uchraydi, odatda o’z-o’zidan yo’qoladi. Suvchechak bo’lgan bolada keyin umrbod immunitet hosil bo’ladi, ammo u kamdan-kam hollarda takrorlanishi mumkin. Suvchechakka qarshi vaktsina kiritilgandan beri kasallanishlar soni sezilarli darajada kamaydi. Emlangan shaxslar suvchechak bilan og’rigan bo’lsa ham, ular juda yengil o’tishkazishgan.
Suvchechak 5-10 yoshda, qishning oxiri va bahorda tez-tez uchraydi. Kasallik juda yuqumli. Yuqish yo’li odamdan odamga, tomchi va havo yo’li. Virus so’lak bezlarida joylashadi va 13-22 kunlik inkubatsiya davriga ega. Suvchechak bilan og’rigan odam simptomlar boshlanishidan ikki kun oldin yuqadi va yuqumli kasallik suvli yara chiqqunga qadar davom etadi.
Mavzu davomida
Suvchechakning belgilari qanday?
Kasallikning odatiy belgilari suv bilan to’ldirilgan toshmadir. Toshmalar qichishadi va kichik joydan boshlanib, yuz va bosh terisiga yetib boradi. Og’izda toshma ham toshishi mumkin.
Suvchechak odatda yengil kasallik bo’lsada, asoratlar kamdan-kam hollarda paydo bo’lishi mumkin. Eng ko’p uchraydigan asoratlar bakterial infektsiyalardir. Qichishish bilan birga teridagi jarohatlar infektsiyalanishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda qondagi trombotsitlar soni (qonning ivishiga imkon beruvchi trombotsitlar) kamayishi va qon ketish kasalligi paydo bo’lishi mumkin. Kattalar va immuniteti zaif odamlarda pnevmoniya rivojlanishi mumkin. Yana bir juda kam uchraydigan asorat bu ensefalit deb ataladigan miyaning yallig’lanishi oxiri o’lim bilan tugashi mumkin. Suvchechak asab tizimi bilan bog’liq turli xil kasalliklarga olib kelishi mumkin. Juda kamdan-kam hollarda suvchechakdan keyin perikardning yallig’lanishi, erkaklarda moyaklar, oshqozonda gastrit, buyrak yallig’lanishi va bo’g’imlarning yallig’lanishi paydo bo’lishi mumkin. U zaif immunitetga ega bo’lgan organlarga tarqaladi.
Suvchechak kim uchun xavfli?
- Hayotning birinchi oyidagi chaqaloqlar.
- 28 haftadan oldin tug’ilgan chaqaloqlar.
- 2 hafta yoki undan ko’proq vaqt davomida kortizon terapiyasini olganlar.
- Saraton kasalligi: kasallik juda keng tarqalgan va og’ir.
- Immunitet tizimi zaiflarda.
- Homiladorlikda, suvchechak og’ir va pnevmoniyaga olib kelishi mumkin.

Homiladorlikdagi suvchechak
Suvchechak bilan kasallangan ona kasallikni chaqalog’iga yuqtirishi mumkin. Bu chaqaloqlarda qo’l va oyoqlarning qisqarishi, katarakta, xorioretinit deb ataladigan ko’zning yallig’lanishi, aqliy zaiflik, miya rivojlanishining kechikishi va kam vaznga ega bo’lishi mumkin. Agar ona tug’ilishdan 5 kun oldin yoki 4 kundan keyin suvchechak bilan kasallangan bo’lsa, chaqaloq suvchechakni rivojlantiradi.
Suvchechak qanday davolanadi
Bemorlar belgilar asosida davolanadi. Agar isitma bo’lsa, antipiretiklar qo’llaniladi, ammo aspirin mumkin emas. Qichishish uchun og’iz orqali va qo’llaniladigan qichimaga qarshi vositalar qo’llaniladi. Immunitet tizimi zaif odamlar uchun antiviral davolash boshlanadi.
Suvchechak bilan aloqada bo’lgan odamlar, agar ular 72 soat ichida emlangan bo’lsa, himoya qilinadi. Suvchechakka qarshi muntazam emlash 12 oydan katta chaqaloqlarga beriladi.
BEMORLARGA TAVSIYALAR
Teri ustida qichishishni kamaytirish va infektsiyani oldini olish uchun har kuni cho’milish tavsiya etiladi. Hech qanday badanni tirnash holatlari amalga oshirilmasligi lozim. Tirnoqlarni qisqartirish kerak. Aspirin ishlatilmasligi kerak. Suvchechakli bolani homilador ayollardan, yangi tug’ilgan chaqaloqlardan, immuniteti zaif odamlardan va kortizondan foydalanadiganlardan uzoqroq tutish kerak. Suvchechak bilan og’rigan bolalarni suvli toshma quruq qobiqqa aylanmaguncha maktabga yoki bolalar bog’chasiga yubormaslik kerak.
AGAR SIZDA BU ALOMATLAR BO’LSA, ALBATTA SHIFOKORGA BORISHINGIZ KERAK.
- Terining anormal qizarishi
- Ovqatlana olmaslik
- Siydik chiqarishning yetarli emasligi, quruq og’iz
- Haddan tashqari asabiylashish, uyquchanlik, uyg’onish qiyinligi
- Yurish qiyinligi, muvozanatning buzilishi
- Kuchli yo’tal, xirillash, nafas olish qiyinlishuvi, ko’krak og’rig’i
- Kuchli bosh og’rig’i va qusish
- 4 kundan ortiq davom etadigan isitma
- Bo’yin va bel og’rig’i
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
belgilari va davolash usuli, Suvchechak nima