Homiladorlikning 10 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
10 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki o’rikdek
Homiladorlikning 10 haftasidan to tug‘ruqqacha, bolangizdagi ko‘p o‘zgarishlar ularning o‘sishi va yetilishiga qaratilgan bo‘ladi. Hozir homilangiz mitti odam shaklidadir. Hozirgi vaqtda ularning barcha organlari shakllangan va ular 40 haftaga yaqin tug‘ilganda mustaqil hayotni olib borishga tayyorlanyapti. Homiladorlikning 10 haftaligidan keyin bolangizda jismoniy deformatsiyaning rivojlanish ehtimoli kam. Ammo homiladorlik paytida juda ehtiyot bo‘lish baribir muhimdir. Ular rivojlanishining boshqa muhim jihatlari homiladorlikning butun muddati davomida rivojlanib boraveradi.
Nega savollar juda ko‘p?
Homiladorlikning 10 haftasida siz homiladorlikning 1-trimestri tugashini sezishingiz mumkin. Ko‘plab ayollar uni 3 ta trimestrdan eng og‘iri deb bilishadi, chunki homiladorlikning dastlabki simptomlari juda holsizlantirishi mumkin. Ba’zi ayollar 10 haftadan keyin biroz tinchlanishadi, homilaning tushish ehtimoli kamayadi va bola haqidagi yoqimli hayajon boshlanadi. Bolalar kiyimlarini xarid qilishni boshlashga juda ertami? Boshqalarga homiladorligimiz haqida aytib berishimiz kerakmi? Bolani axvoli yaxshi bo‘ladimi? Men qanday ona bo‘laman? Ushbu va millionlab boshqa savollar endi sizning ongingizni to‘ldiradi va bu mutlaqo normal holat.
10 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar
Bu haftada siz o‘z homilangizni, yoki aniqrog‘i bachadonigizni, yana biron bir meva bilan solishtirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaysiz. Homiladorlikning 10 haftasida sizning bachadoningiz o‘lchami greyfurt hajmiga to‘g‘ri keladi.
Sizning sonlaringiz biroz kattalashadi, ammo sizning elastik shimlaringiz va yubkalaringiz hali ham sizga to‘g‘ri keladi. Bu sizning qorningiz shimingizdan biroz ko‘tarilib turadigan vaqt, lekin bu sizning ortiqcha yeganingizdan emas, balki sizning ichingizdagi kichik shirintoyingizdan.
Bu haftada ko‘ngil aynish haqida jiddiy yangiliklar bo‘lmasligi kerak, ammo shoshilmang. Har doim yoningizda konteyner olib yuring, chunki sizni oshqozoningiz hali ham bezovta qilishi mumkin. Oson hazm bo‘ladigan oziq-ovqatlarni iste’mol qiling va o‘zingiz ovqat tayyorlashga qiynalsangiz, eringizdan ovqat tayyorlab berishini so‘rang.
Bu qanday shovqin edi?
Homiladorlik paytida siz odamlardan ko‘p marotaba kechirim so‘rashingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Gazlar bemavrid vaqtda paydo bo‘ladi. Siz o‘zingizda nimadir bo‘lyapti deb o‘ylamang. Ko‘p miqdorda gaz hosil bo‘lishi – keng tarqalgan, ammo kam muhokama qilinadigan homiladorlik belgisi hisoblanadi. Ba’zi mahsulotlar bu holatni og‘irlashtirishi mumkin, shuning uchun ularni iste’mol qilmaslik kerak. No‘xat, yashil bargli sabzavotlar, kletchatka ko‘p bo‘lgan don va o‘simliklar sizning asosiy raqiblaringiz bo‘lishi mumkin.
10 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar
Siz odatdagidan ko‘ra ko‘proq xurofiy bo‘lib qolishingiz mumkin. Haqiqat va fanni muvozanatlashga harakat qiling. Aksariyat ayollarda homiladorlik va tug‘ruq tajribalari haqida sevimli hikoyalar mavjud. Eshitishni xohlamagan narsalaringizni filtrlashni o‘rganing.
Orzu qiling. Homiladorlik – bu orzular butunlay yangi o‘lchamga ega bo‘ladigan vaqt. Ular juda g‘alati, yetarlicha qo‘rqinchli va hech qanday ma’noga ega bo‘lmasligi mumkin. Ammo orzuingizdan biron bir ma’noni yoki yashirin xabarlarni qidirmang. Tushlar – bizning ongimizni filtrlash va kun davomida to‘plangan keraksiz ma’lumotlardan qutulish vositalaridan biridir.
Siz ishlaydigan bo‘lsangiz, o‘zingizning ish majburiyatlaringizni taxminan 10 haftadan boshlab fikran tashkil qilishingiz mumkin. Sizning dekret ta’tiliga huquqingiz, qancha vaqt ishda bo‘lmaslikni xohlashingiz va faqat ta’til puliga qanday yashash to‘g‘risida o‘ylashingiz uchun ko‘p vaqt talab etiladi.
Siz o‘zingizni ozgina zerikarli va yoqimsiz his qilishingiz mumkin. Tashqi tomondan, siz hali ham homiladordek ko‘rinmaysiz, huddi semirganga o‘xshaysiz. Sizga zavq keltiradigan ba’zi mayda-chuyda narsalardan voz kechmang. Massaj, sartarosh yoki do‘konlarni aylanish – bularning barchasi sizni yoshartiradi va kayfiyatingizni yaxshilaydi.
10 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar
Sizning bo‘lajak farzandingizni meva bilan odatdagidek solishtirish vaqti keldi! Bu haftada sizning bolangiz o‘lchami qora olxo‘ri yoki o‘rikning o‘lchamidek bo‘ladi.
10 haftaga qadar bolangizning qo‘l va oyoq barmoqlari allaqachon shakllangan bo‘lib, ularda tirnoqlar rivojlana boshlaydi. Bu haftada bolangiz endi qo‘llarini tirsak va bilaklar sohasida bukishi mumkin.
Kichkintoyingizning barcha hayotiy muhim organlari tu’gilganda bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda joylashadi. Shu paytdan boshlab, ular yetilishni va rivojlanishni boshlaydi, bachadondan tashqaridagi hayotga tayyorlanadi.
Bolangiz buyraklari o‘zining qonini filtrlashni va siydik ishlab chiqarishni o‘rgangan. Shuningdek, ular oshqozonda me’da shirasini ishlab chiqaradi va ular yaqinda so‘rilshni boshlaydigan amniotik suyuqlik bilan ishlashga tayyorlanadilar.
Agar bolangiz o‘g‘il bo‘lsa, uning moyaklari eng muhim erkaklik jinsiy gormoni bo‘lgan testosteronni ishlab chiqarishni boshlaydi.
Bolangizning boshi tanasining qolgan qismiga nisbatan hali ham katta, ammo 10 haftadan boshlab uning bo‘yni bo‘ladi va yuzidagi barcha suyaklar shakllanadi. Bu shuni anglatadiki, ushbu bosqichda siz UTTda ularni yaxshiroq ko‘ra olasiz.
Lanugo deb nomlangan ingichka sochlar qatlami bolangizning tanasini qoplay boshlaydi. Uning ichki va tashqi qulog‘i, tish kurtaklari va ko‘zlari to‘liq rivojlangan bo‘ladi.
10 hafta uchun maslahatlar
Oddiy kofeinli choy va kofe o‘rniga o‘tli choylar bilan tajriba qiling. Ular odatda hozir siz uchun yaxshi va odatiy issiq ichimliklarning yoqimli alternativasi hisoblanadi.
Bu hafta sut va kalsiy iste’mol qilishni ko‘paytirishga harakat qiling. Ushbu haftada bolangizning tish kurtaklari shakllanadi, shuning uchun tarkibida ushbu muhim oziq modda yuqori miqdorda bo‘lgan har qanday oziq-ovqat bolangizning tishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haftada siz, haroratingizni va bolangizning tishlari rivojlanishi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan har qanday infeksiyadan qochishga harakat qiling. Har doim o‘zingiz bilan bosh aylanishi seziladigan vaziyatlarni oldini olih uchun yeyishga narsa olib yuring. To‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq muammolar tufayli qondagi qand miqdori ba’zan kamayishi mumkin. Agar siz o‘tirgan holatda bo‘lsangiz, juda tez turib ketmaslikka harakat qiling. Turayotganingizda arterial bosimni tartibga solish uchun o‘z tanangizga vaqt bering.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 10 haftaligida nimalar bo’ladi