Homiladorlikning 13 haftaligida nimalar bo’ladi
Mavzu davomida
13 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki olmadek
Birinchi trimestrning oxiri yetib keldi, siz allaqachon homiladorlikning 13 haftasidasiz. Umid qilamizki, siz o‘zingizni avvalgidan ham bir oz yaxshiroq his qilyapsiz va homiladorlik unchalik ham yomon emas deb o‘ylay boshlaysiz. Siz kamida bir marotaba shifokorga borgan va bolangizning yurak urishini tinglagan bo‘lsangiz kerak.
Homiladorlikning 13 haftasida bo‘lganingizda, siz hatto UTTdan o‘tgandirsiz, ayniqsa, agar sizda bola tushish xavfi bo‘lsa bu muhimdir. Homiladorlik to‘g‘risida ikki tomonlama hissiyotlarni boshdan kechirgan yoki homiladorligidan hayratda qolgan ayollar uchun birinchi UTT hayotingizni o‘zgartirishi mumkin. UTT homiladorlikning haqiqiyligini aniqlashga yordam beradi va siz bilgan hayotning tezda o‘zgarishini eslatadi.
Qayerda o’tirsam bo’ladi?
Qabulda o‘tirgan boshqa homilador ayollarni kuzatish, sizni noyob kirish chiptasi talab qilinadigan tanlov klubining a’zosi kabi his qilishi mumkin. Bu, boshqalar bilan birlik tuyg‘usi ko‘p ayollarga yoqadi. Ba’zi ayollarda, to‘g‘ri ish qilyapmanmi yoki yo‘qmi, degan noaniq xavotir bo‘lishi mumkin. Qolgan hammasi sizdan ko‘ra ancha qat’iyatli va xotirjam ko‘rinishi mumkin. Haqiqatan ham bu yerga qanday kelib qolganingizni tushunmasangiz, tashvishlanmang. Siz barchangiz bir xil narsani kutmoqdasiz, garchi har biringizning o‘ziga xos, noyob tarixi bo‘ladi. Bu shubhalar mutlaqo normaldir.n
13 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar
Sizning ichaklaringizda hali ham yoqimsiz his-tuyg‘ular bo‘lishi mumkin. Ko‘pgina homilador ayollar hojatxonaga borish haqdia, bu haqiqatdan kerakligidan ko‘proq o‘ylashadi. Bunga aybdor gormon progesteron – u mushaklarni bo‘shashtirish uchun juda yaxshi ishlaydi. Kletchatka va yana ko‘p kletchatka, suv, jismoniy mashqlar, yangi sharbatlar, ayniqsa apelsin va qora olxo‘ri sharbatlari, shuningdek donli va butun donli yormalar ich qotishni bartaraf etishga yordam beradi. Oziqli va suyuq davolash vositalaridan foydalaning, har qancha “tabiiy” bo‘lmasin dorilardan voz keching.
13 hafta – sitrus haftasi. Sizning bachadoningiz greyfurt o‘lchamida bo‘lib, qattiqlashgan. Kunning oxirida yoki o‘tirganingizda o‘zingizni og‘ir his qilishingiz mumkin.
Sizning qorningiz biroz boshqacha ko‘rinishi mumkin. Dumaloqroq, bel aniq bilinmaydi va kindik atrofi biroz bo‘rtgan. Siz o‘z garderobingizda katta o’zgaritirish qilishingiz mumkin, lekin hamma narsani to‘liq o‘zgartirmasligingiz kerak.
Agar farzandlaringiz bo‘lsa, ehtimol qorningiz birinchi homiladorlikdan ko‘ra ertaroq sezilishi mumkin. Sizning qorningizni ushlab turadigan mushaklar va bog‘lamlar bo‘shashishni, ertaroq cho‘zilishni boshlaydi. Qish mavsumida katta hajmli kiyimlar kattalashgan qorinni yashirish uchun ideal imkoniyatdir. Agar siz yangilikni ma’lum bir vaqt sir saqlashni istasangiz, bu hol qo‘l keladi.
Agar siz hali ham ko‘ngil aynishni his qilayotgan bo‘lsangiz, kuniga 5-6 mahal kam-kamdan ovqat yeyish, o‘zingizni kuniga 3 mahallik ovqat bilan cheklashdan ko‘ra afzalroq ekanini payqaysiz. Agar siz ovqat yegingiz kelsa, uzoq vaqt kutmaslikka va qondagi qand miqdorini bir xil darajada saqlashga harakat qiling. Ba’zi tadqiqotlar, o‘g‘il bolalarga homilador ayollar, qizlarga homilador bo‘lgan ayollarga qaraganda ko‘proq ovqatlanishlarini tasdiqlaydi.
13 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar
Ko‘p homilador ayollar faqat 13 haftaga kelib homilador bo‘lganliklarini his qilishadi. Qornining kattaligi ularni kundalik ishlarni qilishiga to‘sqinlik qilmaydi va hojatxonaga borishga bo‘lgan dahshatli xohish ko‘pincha, hech bo‘lmaganda bir muddatga, tinchlanadi. Bu haftada siz o‘zingizni biroz tinchroq va xotirjamroq his qilishingiz mumkin.
Agar siz o‘zingizni yanada energiyali his qilsangiz, eringiz bilan munosabatlarni qanday rivojlantirish haqida o‘ylang. Ehtimol, siz oxirgi paytlarda u bilan birga bo‘lishdan ko‘ra, ko‘proq hojatxonada vaqt o‘tkazgan bo‘lishingiz mumkin. Bu qayg‘uli, lekin haqiqat. Birgalikda dam olish uchun vaqt ajrating va siz his qilayotgan narsalardan boshqa narsalar haqida gapirishga harakat qiling. Siz uni ham tinglashingiz kerak.
Ko‘kraklaringiz juda katta bo‘lib ko‘rinishi mumkin, chunki ular endi istalmagan e’tiborni ham jalb qiladi. Ularni keng kiyim ostida yashirishga urinish faqat qisman samarali bo‘ladi. Homiladorlikning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ayolning ko‘kraklari emizish uchun tayyorgarlik ko‘rishi va samarali laktatsiya uchun odatiy ko‘rinishini o‘zgartirishi kerak. Ortiqcha qarashlarga odatlanish vaqti keldi.
13 hafta bolangizdagi o‘zgarishlar
Urug’lilar haftasi davom etmoqda, sizning bolangiz katta olmalar bo‘limida. 13 haftada bolangizning tanasini qoplaydigan ingichka sochlar suvda suzganda uning terisini himoya qilishga xizmat qiladi.
Ushbu haftadan boshlab, bolangiz ovoz boylamlarini tayyorlaydi. Siz eshitadigan eng ajoyib tovushlardan biri – bu bolangizning birinchi yig‘lashi, yengillik va xotirjamlik aralashmasi. Albatta, vaqti kelib, ushbu ovoz boylamlari ishlamasligini xohlaysiz. Ota-onalikka xush kelibsiz.
Farzandingiz miyasi, mushaklari va asablari o‘rtasidagi aloqalar allaqachon shakllandi. Ular erkin harakat qilishlari va o‘zlarini turli holatlarga solish uchun mushaklaridan foydalanishlari mumkin.
13 hafta uchun maslahatlar
O‘zingiz bilan salfetkalar olib yurishni boshlang va ularning ko‘p ekanligiga ishonch hosil qiling. Burunning bitishi 13 haftada boshlanishi mumkin va bu shamollashdan emas. Burundan qon ketishi va quloqlarning bitishi ham keng tarqalgan simptomlar bo‘lishi mumkin. Bularning barchasi shilliq pardalarning qon bilan ta’minlanishining ortishi bilan bog‘liq.
Endi “ikki kishi uchun ovqatlanish” mumkin deb o‘ylamaslikka harakat qiling. Keyinchalik homiladorlik paytida olgan ortiqcha vaznni yo‘qotish juda qiyin bo‘lganida, siz buning haqini to‘laysiz. Homiladorlik paytida vaznning ideal ortishi 10 kg dan 12 kg gacha. Shuni yodda tutingki, ovqatning miqdori emas, sifati muhim. Tasodifiy shirinliklarni rad qilmang, lekin nima yeganingizga nisbatan ehtiyotkor bo‘ling.
Homiladorlarning kiyimlarini izlashni boshlang. Agar sizning byudjetingiz cheklangan bo‘lsa, tejashga harakat qiling yoki bolasi bo‘lgan odamdan qarzga kiyim olishni o‘ylab ko‘ring. Kiyilgan homiladorlar kiyimlari odatda juda yaxshi holatda saqlanadi, chunki ular uzoq vaqt davomida kiyilmaydi va eskirmaydi.
Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 13 haftaligida nimalar bo’ladi