O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 573-sonli qaroriga asosan Yangiyer qurilishi va kommunal xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali tashkil etildi.
Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialida 4 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha: Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi), Kimyoviy texnologiya (qurilish materiallar texnologiyasi), Texnologik mashina va jihozlar (kimyo sanoati), Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqaruv (tarmoqlar bo‘yicha) talabalar o’qitilib kelinmoqda.