Homiladorlikning 15 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 15 haftaligida nimalar bo’ladi

15 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki limondek

Bu hafta bolangizning vazni atigi 70 grammni tashkil qiladi. U hali juda kichkina, ammo uyg‘oq bo‘lganda juda ko‘p harakat qiladi. Uning yuzining yon tomonida joylashgan ko‘zlari endi qayerda bo‘lishi kerak bo‘lsa, shu yerda joylashgan. Ushbu bosqichda, UTTda siz uning nafas olish harakatlarini aniq ko‘rishingiz mumkin; bola emishni va yutishni boshlaydi. Ushbu ko‘nikmalarni erta bosqichda qo‘llash, tug‘ilgan vaqtda bolangiz tajribali bo‘lishini anglatadi.

Homiladorlikning 15 haftasida, siz intizor bo‘lib kutgan energiya miqdori nihoyat qaytib keladi. Siz endi odatdagidek ovqatlanishdan zavqlanayotganingizni va ulardan qo‘rqishning o‘rniga ovqatlanishni sabrsizlik bilan kutayotganingizni payqashingiz mumkin. Tanangiz sog‘lom bo‘lishiga va bolangizning o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan turli xil ovqatlarni iste’mol qilishga harakat qiling.

Homiladorlik paytida ayollar ovqatlanishni cheklamasliklari va turli xil ta’m va xushbo‘y hidli taomlarni iste’mol qilishlari kerakligi haqidagi tavsiyalarni tasdiqlovchi dalillar mavjud. Bu bolaning odatdagi ovqatni iste’mol qilishni boshlaganidan keyin turli xil ovqatlarni qabul qilishga tayyorligiga ijobiy ta’sir qiladi. Agar ularning ta’m sezish retseptorlari amnion suyuqlik orqali turli xil xushbo‘y hidlar bilan allaqachon “tanish” bo‘lsa, ular ba’zi bir ovqatlardan yuz o‘girmaslikka moyil bo‘ladi.

Menga hech narsa to‘g‘ri kelmayapti!

Bu vaqtga kelib, sizda qorin paydo bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin. Ammo siz, albatta, homiladorligingizni sezasiz va agar bir muncha vaqt turib qolsangiz, oyoqlaringiz va belingiz og‘riyotganini his qilishingiz mumkin. Siz tayoq bilan yurish bosqichida emassiz, ammo baribir ba’zi bir o‘zgarishlar mavjud bo‘ladi.

Sizning uxlash odatingiz ham o‘zgarishi mumkin, chunki siz qulayroq joyni topish uchun to‘shakda ko‘p bir tarafdan ikkinchisiga ko’p aylanishingiz kerak bo‘ladi. Agar siz odatda qorinda uxlagan bo‘lsangiz, unda uyqungiz tobora qiyinlashib borayotganini sezishingiz mumkin, chunki sizning qorningiz endi xalaqit beradi. Siz tanangiz va oyoqlaringiz bilan quchoqlashingiz mumkin bo‘lgan uzun yostiq sotib olish haqida o‘ylab ko‘ring. Uyqu paytida bu juda yaxshi yordam berishi mumkin va siz homiladorlikning oxiriga qadar sarflangan pul uchun foyda olganingizni sezasiz.

15 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Agar sizning poyafzalingiz biroz tor bo‘lsa, hayron bo‘lmang. Bu sizning tasavvuringiz emas. Homiladorlikning muhim gormoni bo‘lgan progesteron tos mintaqasida boylamlarni bo‘shashtirishni a’lo darajada eplaydi, ammo bu bilan uning ta’siri tugamaydi. Siz homiladorlikning oxiriga kelib, poyafzalingiz hajmi kamida ikki baravar, ehtimol undan ham kattalashishini bilib olishingiz mumkin.

O‘zingiz bilan salfetkalar olib yuring. Agar sizda hech qachon burundan qon ketish bo‘lmagan bo‘lsa, va hozir ular boshlansa, xavotirlanmang. Venoz to‘planishlar sizni burun oqishi, burun bitishi va burundan qon ketishlarga moyil qilib qo‘yadi. Burundan qon ketish odatda o‘z-o‘zidan to‘xtaydi, lekin vahima qilmaslik muhim va o‘z-o‘zidan o‘tib ketguncha kutish kerak.

Teringiz qanday tozalanayotganiga e’tibor berdingizmi? Yuzingizda paydo bo‘lgan husnbuzarlar yo‘q bo‘lib ketishi mumkin va teringiz yana toza bo‘ladi. Doimiy tozalash va namlash rejimini saqlang. Siz teringiz yog‘liroq bo‘lib qolganini sezishingiz mumkin va sizning xohishingizga ko‘ra namlantiruvchi kremni o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi.

Hozir sizning ko‘kraklaringiz tanangizning eng katta qismi sifatida ko‘rinishi mumkin. Xuddi ularni og‘irroq, sezgir va og‘riqli qiladigan knopka yoqilgandek. Agar siz odatdagi byustgalteringiz yetarlicha katta emasligini sezsangiz, homiladorlar byustgalterini sotib olish vaqti keldi. Ular homiladorlik paytida garderobning muhim elementi hisoblanadi.

15 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Ona-tabiatni his qilyapsizmi? Bu ajablanarli emas. Homiladorlikning ikkinchi uch oyligida siz gormonlar bilan to‘lganingizda va tabiat bilan uyg‘unlikni his qilganingizda juda muhim nimadir sodir bolayotganday his qilasiz. Tabiatdan boshqa hech narsa sizga yordam bermaydigandek tuyuladigan ushbu o‘zgacha vaqtdan zavqlaning. Yoga, massaj, akvaaerobika yoki tayszi bilan shug‘ullanishni o‘ylab ko‘ring. Ichki hissiyotlarigiz bilan aloqa – bu siz hatto tasavvur ham qilmagan darajada juda qiziqarlidir.

Kun yoki tunning istalgan vaqtida kattalashishini kutib, doimiy ravishda qorningizga qarayotganingizni sezishingiz mumkin. Ba’zan siz kattaroq ekanligingizga amin bo‘lishingiz mumkin, ba’zida esa yo‘q. Bu, albatta, bachadoningiz ichida nima sodir bo‘lishiga bog‘liq. Agar sizning oshqozoningiz to‘la bo‘lsa, bu sizning qorningizning yanada kattalashishiga olib keladi.

Tug‘ruqqacha hali uzoq degan fikr cheksiz bo‘lib tuyulishi mumkin. Garchi siz qorningizda juda ko‘p narsa sodir bo’layotganini bilsangiz ham, ularning hammasi hali ko‘zga ko‘rinmaydi. Har kuni sizga zavq bag‘ishlaydigan, ish yoki bolaga bog‘liq bo‘lmagan mashg’ulot qilishga harakat qiling. Siz odamsiz va sizning shaxsiy manfaatlaringiz bor, ularni homilador bo‘lganingiz uchun to‘xtash kerak emas.

15 hafta bolangizdagi o‘zgarishilar

Bu haftada qo‘l va oyoqlar juda ko‘p silkitiladi – sizning farzandingiz chindan ham avstraliyacha raqs ijro etmoqda! Harakatlarda muvofiqlik yo‘q, shunchaki tartibsiz harakatlar, keyin esa kuch yig‘ish uchun uzoq vaqt uyqu. Bir-ikki hafta kuting, shunda siz bu harakatlarning hammasini his qila boshlaysiz.

Ushbu haftada bolangizning ichki qulog‘ida uchta kichik suyak paydo bo‘lishni boshlaydi, shuning uchun ham u sizni eshita oladi. Unga qo‘shiq aytish, salomlashish va umuman o‘rtangizda butun umr davom etadigan hissiy aloqani yaratishni mashq qiling.

Endi bolangizning oyoqlari qo‘llaridan uzunroq, kichkina boshi esa tanasining eng katta qismi hisoblanmaydi. Uning tanasi uzayadi va endi u qadar egilmagan va buklanmagan.

homiladorlikning 15 haftaligida nimalar boladi 65f046529065c

15 hafta uchun maslahatlar

Har kuni ko‘p miqdorda toza, yangi suv iching. Undagi ftorid bolangizning tishlarini shakllantirishga va himoya emalini yaratishga yordam beradi. U shuningdek, so‘lagingizni suyultirishga va sizni hushyor bo‘lishingizga yordam beradi.

Siydik yo‘llari infeksiyalaridan saqlaning. Bu homiladorlik paytida tez-tez uchraydigan holat va garchi jiddiy muammo bo‘lmasa ham, u sizni bezovta qilishi mumkin. Ko‘p miqdorda suv iching, hojatdan keyin – old tomondan orqaga qarab arting, aksincha emas. Jinsiy aloqadan oldin va keyin, hojatga boring va siydik pufagingizni bo‘shating. Agar siz kichik hojatga borganingizda achishish hissi bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz yoki g‘alati hid paydo bo‘lsa, shifokoringizga murojaat qiling.

Klyukva sharbati yaxshi himoya xossalariga ega, shuningdek unda “C” vitamini miqdori ko‘p. Bu sizning organizmingizga oziq-ovqatdan temirning so‘rilishiga yordam beradi va bolangizda biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishiga yordam beradi.

Bola ismlarini o‘ylashga erta emas. Sizda siz doim yoqtirgan sevimli ismlar bo‘lishi mumkin yoki bu haqda hali o‘ylab ko‘rmagan bo’lishingiz ham mumkin.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 15 haftaligida nimalar bo’ladi