Homiladorlikning 17 haftaligida nimalar bo’ladi

Homiladorlikning 17 haftaligida nimalar bo’ladi

17 hafta: homilangiz kattaligi go’yoki avakododek

Homiladorlikning 17 haftasida sizning og‘irlik markazingiz o‘zgaradi. Yaxshi qad-qomat sizga bel og‘rig‘idan va mushaklarning keraksiz kuchlanishidan qochishingizga yordam beradi. Agar siz og‘ir narsalarni ko‘tarishingiz kerak bo‘lsa, tizzalaringizni buking va ularni son mushaklaridan ko‘proq ishlating.

Ba’zi ayollarni quymich nervi og‘rig‘i juda bezovta qiladi. Ushbu nerv sizning umurtqa pog‘onangizdan boshlanadi va dumba bo‘ylab va har bir oyoqning butun uzunligi bo‘ylab pastga tushadi. Bachadon va bolaning og‘irligi bu nervni siqqanda, siz pastki qismingizda yoki oyoqlaringizda o‘tkir og‘riqni his qilasiz. Agar bu sodir bo‘lsa, og‘irligingizni ko‘chirib, o‘zgartirishga harakat qiling va sizga qulay bo‘lgan sondagi yostiq bilan uxlang.

Oyog‘ingizni tizzadan egib, yonboshlab, yostiqqa suyangan holda yotish quymich nerviga bosimni engillashtirasiz. Yostiqchalarni tizzalaringiz ostiga qo‘ymang yoki uzoq vaqt davomida bir xil holatda yotmang. Bu qonning bir joyga yig’ilishiga va qon tromblari hosil bo‘lish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Yana bir foydali maslahat, o‘tirganingizda oyoqlaringizni ko‘tarishga va ularni oyoqlar uchun mo‘ljallangan stulga qo‘yishga harakat qiling.

Taxminan homiladorlikning 17 haftasidan boshlab, ba’zi ayollar qorinlari og‘irligini ushlab turish uchun, homiladorlik kamarini taqish kerak deb hisoblaydilar. Kulmang! Qo‘llab-quvvatlaydigan ichki kiyim juda qulay. Sizdan boshqa hech kim va ehtimol sizning eringiz ham ushbu qulaylik haqida bilmasligi mumkin.

Oyi, meni ko‘taring!

Agar sizda doim ko‘taring deydigan farzandingiz bo‘lsa, o‘zingiz o‘tirgan holda unga tizzangizga chiqishni taklif qiling, keyin quchoqlang. Uydan chiqqaningizda ularni kolyaskaga, supermarketda bo‘lganingizda xarid telejkasiga soling yoki eringiz bo‘sh bo‘lgandagina sayrga chiqing. Pilates, yoga, suv aerobikasi va fizioterapiya umurtqa pog‘onasini to‘g‘ri holatda ushlab turadigan mushaklarni mustahkamlashga yordam beradi.

17 haftada tanangizdagi jismoniy o‘zgarishlar

Tanangizning katta miqdordagi qon ta’minoti, qishning o‘rtasi bo‘lsa ham, sizda isish va qizarishni keltirib chiqarishi mumkin. Bunda siz o‘zingizni kasal deb o‘ylab, haroratingizni o‘lchashingiz befoyda. Kaftlaringizga boqing, shunda qoningiz terining yuzasiga qanchalik yaqin ekanligini ko‘rishingiz mumkin. Agar folbinga tashrif buyursangiz va ular sizning kaftingizga qarab homilador ekanligingizni aytsa, qo‘rqmang. Sizning qorningiz hali ko‘rinmasa ham, qizil kaft chiziqlari homiladorlikning bir belgisi hisoblanadi, folbinlar mahoratini aks ettirmaydi.

Siz oyoqlaringizdagi tomirlar ko‘proq sezilayotganini, agar ko‘p turib qolsangiz oyoqlaringiz og‘rishini sezishingiz mumkin. Agar oldin tuqqan bo‘lsangiz, ortiqcha vaznga ega bo‘lsangiz yoki unga moyil bo‘lsangiz, siz venalarning varikoz kengayishiga moyil bo‘lishingiz mumkin. Ba’zi ayollar qonni oyoqlarga qaytarishga yordam beradigan chulki kiyishlari kerak bo‘ladi. Iloji bo‘lsa, oyoqlarni ko‘tarib yotishga va o‘tirishga harakat qiling.

Sochlaringizdan shampunning reklamasida foydalanish mumkin. Soch odatda o‘sish va to‘kilish fazalaridan o‘tadi, ammo homiladorlik paytida sochlar kamroq to‘kiladi. Shu sababli ham kokillar yaltiraydi.

Homiladorlikning 17 haftasida tirnoqlaringiz biroz g‘alati ko‘rinishi mumkin. Ko‘p ayollar homiladorlik paytida tirnoqlari mo‘rt, kuchsiz va ko‘chadigan bo‘lib qolayotganini ko‘rishadi. Tirnoqlardagi lak sizga yoki bolangizga zarar etkazmaydi, faqat uni hididan nafas olmaslik uchun yaxshi shamollatiladigan joyda suring.

17 haftada sizdagi hissiy o‘zgarishlar

Homiladorlikning 17 haftasida bo‘lganingizda g‘alati o‘tish davri sodir bo‘ladi. Siz hali ham homiladorga o‘xshamasligingiz mumkin, lekin odatiy kiyimlaringiz juda tor bo‘lib qoladi va siz garderobingizdan shunchaki biron bir narsani olib, kiyib keta olmaysiz. Agar biror narsa sizning qorningizga to‘g‘ri kelsa, ko‘kragingizga mos kelmasligi mumkin. Kiyim tanlash yanada qiyinlashdi. Siz nima kiyishni va nimaga mos kelishini tanlashga harakat qilganingizda ko‘z yoshlari paydo bo‘lishi mumkin. Xarid qilish vaqti keldi! Xarid qilish terapiyasi – bu holatda eng yaxshi dori hisoblanadi.

Bu haftada siz ota-ona bo‘lishga qaror qilganingizga biroz qo‘rqib, shubhalanishingiz mumkin. Siz o‘zingizning qobiliyatingizga, eringizning bolangizga ota bo‘lishga “mos”ligiga shubhalanishingiz, o‘z shaxsiy tarbiyangiz haqida o‘ylashingiz va hatto siz bolani tarbiyalashga qodirligingiz haqida o‘zingizga savol berishingiz mumkin. Bular hammasi normal shubhalar bo‘lib, sizning ongingizga ta’sir qilishi mumkin, bu shubhalar oqilona fikrlay olmagan vaqtingizda, masalan hojatxonadaligingizda paydo bo‘lishi mumkin. Eringiz bilan gaplashing va tinchlaning, bu bezovtalik deyarli har bir homilador ayolda bo‘ladi.

Agar siz doimo mustaqil shaxs bo‘lgan bo‘lsangiz, bu davr siz uchun oson bo‘lmaydi. Siz eringizdan yordam so‘rashingiz kerak bo‘lishi mumkin. Bu sizning qaram bo‘lib qolishingizni yoki qobiliyatsizligingizni anglatmaydi, homiladorlik ko‘p jihatdan umumiy holatdir va sizning eringiz ham sizga yordam berishi mumkinligini his qilish imkoniyatidan bahramand bo‘ladi.

17 haftada bolangizdagi o‘zgarishlar

Sizning bolangiz juda tez o‘smoqda. So‘nggi ikki hafta ichida uning vazni ikki baravar ko‘paydi va boshidan tovonigacha 13 santimetrga yetdi.

Sizning bolangiz hali ozg‘in, terisi tarang tortilgan. Kichkintoyingizni qon va kislorod bilan ta’minlaydigan qon tomirlari shaffof teri orqali ko‘rinib turadi. Agar siz yurak urishingizni o‘lchasangiz (bosh barmog‘ingizni bilagingizning ichki tomoniga bosib) va uni ikkiga ko‘paytirsangiz, bolangizning yurak urishi kelib chiqadi.

homiladorlikning 17 haftaligida nimalar boladi 65f0460c7ad5d

Kichkintoyingizning oyoqlari tananing qolgan qismiga mutanosib emasdek ko‘rinadi. Ular qo‘llaridan uzunroq va tizza va to‘piqlarda bukilgan. Uning kichkina suyaklarida kalsiy to‘plana boshlagan, shuning uchun ratsioningizda sutli mahsulotlar bo‘lsin.

Ushbu bosqichda, UTTda bolangizning qaysi jinsga mansubligini ko‘rish mumkin. Agar u qiz bola bo‘lsa, uning tuxumdonlarida butun hayoti davomida bo‘ladigan tuxum hujayralar bo‘ladi; taxminan 3 millionta tuxum hujayra. Agar bolangiz o‘g‘il bola bo‘lsa, uning moyaklari hali ancha yuqorida, qorinda bo‘ladi. Kichkina so‘rg‘ichlar bolangizning ko‘krak qafasida ko‘rina boshlaydi.

Farzandingizning dastlabki, chaqaloq yoki sut tishlari milkda shakllangan va og‘iz bo‘shlig‘ining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Siz iste’mol qiladigan ichimlik suvidagi kam miqdordagi ftor bularda va keyin doimiy tishlarda kuchli emal shakllanishiga yordam beradi. Sizning bolangiz esnay oladi, cho‘ziladi va yuzida grimaslar qilishi mumkin. U hali ham ko‘p uxlaydi, lekin ba’zan u harakat qilishni va bu mushaklarni mashq qildirishni xohlab qoladi.

Farzandingizda endi barmoq izlari rivojlanadi. Ikkita bir xil barmoq izlari bo‘lmaydi va bu sizning kichkintoyingizni boshqalardan ajratib turadigan haqiqiy noyob belgilaridan biridir.

17 hafta uchun maslahatlar

Agar siz o‘tirgan yoki yotgan bo‘lsangiz, tezda turmaslikka harakat qiling. Biz yotganimizda va to‘satdan turganimizda, qon bosimi avtomatik ravishda pasayadi, bu esa hushdan ketishga olib kelishi mumkin. Tik turgan holatda asta-sekin harakat qiling, ya’ni tanangizga ko‘nikishi uchun imkon bering.

Agar siz ko‘zoynak taqsangiz, ko‘rish o‘tkirligini okulist qabulida tekshirtiring. Sizga yangi linza retsepti kerak bo‘lishi mumkin. Agar siz odatda kontak linzalarini taqsangiz, ular odatdagidek qulay emasligini ham sezishingiz mumkin. Ko‘zlardagi bunday o‘zgarishlar homiladorlik paytida tez-tez uchraydi, lekin ko‘pincha bola tug‘ilgandan keyin yo‘qolib ketadi.

Agar siz toshmalarga moyil bo‘lsangiz, gigienangizni nazorat qiling. Chov sohangiz, ko‘kragingiz ostlari va qo‘ltiq ostidagi soha issiqlik ta’sirida va teri ishqalanishidan aziyat chekadi. Tez-tez dush qabul qiling va ichki kiyimingizni tez-tez almashtiring. Paxtali kiyimlar har doim eng afzali hisoblanadi, chunki u teringiznng nafas olishiga yordam beradi.

Kechqurun tinch yoting va qorningizda nimalar bo‘layotganiga e’tibor berishga harakat qiling. Siz bolangiz harakatlaridagi birinchi tebranishlarni sezishingiz mumkin, ammo agar bo‘lmasa, tashvishlanmang. Agar birinchi farzandingiz bo‘lsa, odatda 18- hafta – siz buni his qiladigan vaqt hisoblanadi.

Foydali Maslahatlar, Salomatlik, Salomatlik sirlari
Homiladorlikning 17 haftaligida nimalar bo’ladi