Cho’chqa go’shti nega ta’qiqlangan?

Cho’chqa go’shti nega ta’qiqlangan?

Cho’chqa go’shti nega ta’qiqlangan?

DO`STLARGA ULASHING:

Muqaddas dinimiz insonlarni har tomonlama himoya qiladi, ularning salomatliklari uchun maqbul bo‘lgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Jumladan, shariatga muvofiq, mo‘min-musulmonlar ko‘plab hayvonlarning go‘shtidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishlari mumkin. O‘z navbatida taomlarning ta’qiqlanganlari ham mavjud va bu mukammal asoslarga ega. Ayni shu jihatni cho‘chqa go‘shti misolida aytish mumkin. Ma’lumki, cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlangan taomlar halol emas. Nega? Keling, buni o‘zimiz chuqur o‘ylab, mulohaza qilib ko‘ramiz: cho‘chqa eydigan narsalar, ularning ko‘ngilni ozdiradigan darajadagi irkitligi, ochofatligi (yo‘lida duch kelgan narsani eyishi, hatto och qolsa, o‘z bolalarini ham eb qo‘yishi mumkin), inson organizmi uchun xavfli, kasallik chaqiruvchi (hatto qaynatilgan va qovurilgan holatda ham o‘lmaydigan) mikroorganizmlarning borligi. Bularni anglash uchun odamdan yuksak darajadagi bilim talab etilmaydi, albatta.
5fda8d3022c0486fad610ad4ef8a7579

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, Qur’oni karimning to‘rt joyida (Baqara, Moida, An’om, Nahl suralari) to‘ng‘iz go‘shti harom ekani ta’kidlangan.

Alloma Ibn Qayyim rahimahulloh: «Cho‘chqaning har bir narsasi: go‘shti, yog‘i, terisi, asabi (shu jumladan paylari), qo‘llari, ichki a’zolari, miyasi, suyaklari, boshi, biqini, suti va junlarini iste’mol qilish haromdir» – degan.
Aytish kerakki, cho‘chqa go‘shtining zararli jihatlari ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topgan. “Washington Post” gazetasining 1952 yil 31 mayda chop etilgan sonida doktor Glen Sheppardning shu haqidagi maqolasi e’lon qilinadi.
“AQSh va Kanadada istiqomat qiluvchi aksar aholi organizmida cho‘chqa go‘shti iste’moli natijasida Trixina lichinkalari paydo bo‘lgan. Ko‘pchilik hollarda ular, hatto bu kasallikning paydo bo‘lish sabablarini ham bilishmaydi. Odamlar aynan shu parazitlar chaqirgan kasalliklardan qazo qilishmoqda. Sababi, insonning immun tizimi bu parazitlar bilan kurasha olish qobiliyatiga ega emas. Hech qanday antibiotiklar, hech qanday dori-darmon vositalari ularni bartaraf qila olmaydi. Yagona yo‘l—ushbu parazitlarning organizmga tushishining oldini olish. Chunki, trixinalar go‘sht xoh tuzlangan, xoh dudlangan holda bo‘lsin, yashayveradi…”
Ko‘rib turganingizdek, ta’qiqlangan cho‘chqa go‘shti inson salomatli uchun koni zarar. Bu ham diniy, ham dunyoviy jihatdan mustahkam dalil-isbotlarga ega. Shunday ekan, ovqat iste’mol qilayotgan chog‘da uning har jihatdan bezarar ekaniga e’tibor qiling.
Muslim Mirzajonov tayyorladi
Muqaddas dinimiz insonlarni har tomonlama himoya qiladi,  ularning salomatliklari uchun maqbul bo‘lgan barcha jihatlarni qamrab oladi.  Jumladan,  shariatga muvofiq,  mo‘min-musulmonlar ko‘plab hayvonlarning go‘shtidan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilishlari mumkin.  O‘z navbatida taomlarning ta’qiqlanganlari ham mavjud va bu mukammal asoslarga ega.  Ayni shu jihatni cho‘chqa go‘shti misolida aytish mumkin.  Ma’lumki,  cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlangan taomlar halol emas.  Nega? Keling,  buni o‘zimiz chuqur o‘ylab,  mulohaza qilib ko‘ramiz:  cho‘chqa eydigan narsalar,  ularning ko‘ngilni ozdiradigan darajadagi irkitligi,  ochofatligi (yo‘lida duch kelgan narsani eyishi,  hatto och qolsa,  o‘z bolalarini ham eb qo‘yishi mumkin),  inson organizmi uchun xavfli,  kasallik chaqiruvchi (hatto qaynatilgan va qovurilgan holatda ham o‘lmaydigan) mikroorganizmlarning borligi.  Bularni anglash uchun odamdan yuksak darajadagi bilim talab etilmaydi,  albatta.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz,  Qur’oni karimning to‘rt joyida (Baqara,  Moida,  An’om,  Nahl suralari) to‘ng‘iz go‘shti harom ekani ta’kidlangan.

Alloma Ibn Qayyim rahimahulloh:  «Cho‘chqaning har bir narsasi:  go‘shti,  yog‘i,  terisi,  asabi (shu jumladan paylari),  qo‘llari,  ichki a’zolari,  miyasi,  suyaklari,  boshi,  biqini,  suti va junlarini iste’mol qilish haromdir» – degan.
Aytish kerakki,  cho‘chqa go‘shtining zararli jihatlari ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topgan.  “Washington Post” gazetasining 1952 yil 31 mayda chop etilgan sonida doktor Glen Sheppardning shu haqidagi maqolasi e’lon qilinadi.
“AQCh va Kanadada istiqomat qiluvchi aksar aholi organizmida cho‘chqa go‘shti iste’moli natijasida Trixina lichinkalari paydo bo‘lgan.  Ko‘pchilik hollarda ular,  hatto bu kasallikning paydo bo‘lish sabablarini ham bilishmaydi.  Odamlar aynan shu parazitlar chaqirgan kasalliklardan qazo qilishmoqda.  Sababi,  insonning immun tizimi bu parazitlar bilan kurasha olish qobiliyatiga ega emas.  Hech qanday antibiotiklar,  hech qanday dori-darmon vositalari ularni bartaraf qila olmaydi.  Yagona yo‘l—ushbu parazitlarning organizmga tushishining oldini olish.  Chunki,  trixinalar go‘sht xoh tuzlangan,  xoh dudlangan holda bo‘lsin,  yashayveradi. . . ”
Ko‘rib turganingizdek,  ta’qiqlangan cho‘chqa go‘shti inson salomatli uchun koni zarar.  Bu ham diniy,  ham dunyoviy jihatdan mustahkam dalil-isbotlarga ega.  Shunday ekan,  ovqat iste’mol qilayotgan chog‘da uning har jihatdan bezarar ekaniga e’tibor qiling.

Muslim Mirzajonov Muxlis.uz

Cho’chqa go’shti nega ta’qiqlangan?