Navoiy davlat konchilik instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 7 iyuldagi PF-1203-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 26 iyuldagi 289sonli Qarori bilan tashkil etilgan.
Institut O‘zbekiston Respublikasi kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini ta’minlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Institutda quyidagi fakultetlar faoliyat yuritadi: Konchilik fakulteti, Energo-mexanika fakulteti, Kimyo-metallurgiya fakultet
Ta’lim yo’nalishlari
- Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
- Metallurgiya
- Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiyalar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatining menejmenti
- Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
- Konchilik ishi
- Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari bo‘yicha)
- Konchilik elektr mexanikasi
- Mashinasozlik texnologiyasi va mashinasozlik ishlab chiqarishlarini avtomatlashtirish
- Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha)
- Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha)
- Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish va qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi